Uyda ish qilish — OLXda ish topish
Uyda ish qilish — pul topish uchun Internetga sarmoya kiritish yoki professional bo’lish shart emas. Ba’zan ozgina vaqt sarflab, tayyor ish loyihalaridan foydalanishingiz mumkin. Hozir bitta qiziqarli usul haqida gapirib beraman.
Biz Internet saytlarida pul topishning ayyorona usulini topdik. Bu usul orqali oyiga 5-6 mln so’m topayotganlarni bilaman. Agar osongina Internet orqali pul topaman deb o’ylasangiz, saytimizni tark eting, unday usulni topsangiz bizga ham xabar berarsiz.
Maqolani diqqat bilan o’qing, 1 oydan so’ng shu maqolani yozganni otasiga rahmat deb aytasiz, ishoning.
Barcha mashhur saytlar allaqachon daromad yoʻlida faol ishlatib kelinadi, ammo turli xil usullarda.
Bu usul yangi emas, ammo hozirgi kunda undan faol foydalanilmayapti. Siz Internet orqali tovarlarni sotib olish va sotish bo’yicha bitimlarda yordamchi bo’lishingiz mumkin.
Buning uchun zarur bo’lgan harakatlar — foydali taklif kiritish, qo’shimcha narx qo’yish, sotuvchi bilan muzokara o’tkazish va xaridor topish.
OLX va boshqa e’lon saytlaridan pul ishlash
Har kuni e’lon saytlarida minglab turli xil takliflar paydo bo’ladi. Ba’zi mahsulotlar arzon sotiladi. Bunday reklamani ko’rib qolganda, mahsulotni sotib olib, uni qimmatroqqa sotish xohishi uyg’onadi. Agar pul bo’lmasachi, sotuvchi bilan kelishib etilgan narxdan yuqoriroqqa sotishni taklif qiling.
Hammasi juda oddiy. Agar siz xaridorni jalb qilsangiz, sizga bitimdan pulning bir qismini berish to’g’risida taklif bilan sotuvchiga yozishingiz kerak.
Agar javob ijobiy bo’lsa, siz xaridorlarni qidirishni boshlashingiz mumkin. Buning pulli va bepul usullari mavjud.
Bu qo‘llanmani yangi hamda a’lo darajada deb bo‘lmaydi, lekin foyda beradi. Uni sinash paytida ko’pchilik vositachi xizmatlaridan foydalanishga rozi bo’lishgan. Darhaqiqat, ko’chmas mulk yoki avtomobil bozorida bunday usul uzoq vaqtdan beri qo’llanilib kelinmoqda.
Nega oddiy tovarlar (noutbuk, smartfon va boshqalar) bilan e’lon sahifalarida pul ishlashga urinib ko’rmaymiz?
E’lon berish shahobchalarida pul ishlash qo’llanmasi
Avval siz qo’shimcha haq olish mumkin bo’lgan reklamalarni topishingiz kerak. Pul miqdor tovarlarning qiymatiga bog’liq.
Masalan, agar 100-200 dollarlik smartfon bo’lsa, ustiga 7 dollar komissiya deyarli sezilmaydi. Asosiysi, sotuvchining qo’liga ko’proq pul tushganida, bir qismini sizga berishligini oldindan kelishib oling.
Taklifingizni yanada ishonchli chiqishi uchun unga bonus taklif qiling. Masalan, agar mahsulot 150 dollarni tashkil etsa va siz uni 170 ga sotsangiz, faqat 10 dollarini hisobingizga o’tkazishni so‘rang.
Ushbu usul forumlarning birida yozilgan edi: muallif uyda ish qilish orqali har oy kamida 450 dollar ish haqi olganligini takidlagan. Ammo u faol mehnat qilishi va ko’p vaqt sarflashi kerak edi.
Biz hammasini sinab ko’rishga va ba’zi sotuvchilar bilan bog’lanishga qaror qildik. Avval Instagramda reklama topdik:
Taklif yuborilgan 10 kishidan faqat 5 kishi javob berdi, ikkitasi rad etdi va 3 kishi rozi bo’ldi. 100 000 dan 2 000 000 so’mgacha bo’lgan tovarlarni tanlab, hamma joyda komissiya narhini 50 000 so’mdan belgiladik.
Shuningdek, biz OLX-ni ko’rib chiqdik va ba’zi sotuvchilar bilan xat yozishdik. 10 ta xabardan 7 tasiga javob oldik, ammo faqat 3 kishi komissiya to’lashga rozi bo’ldi:
Sotuvchi tezda mahsulotni e’londa ko’rsatilgan narxda sotishi mumkin, xaridor kerakli mahsulotni topib, sotib oladi va vositachi ikkala tomonga yordam bergani uchun o’z ulushini oladi.
Bu barcha sohada qo’llaniladi va yaxshi daromad keltiradi, ammo juda ko’p vaqtingizni oladi. Ba’zan hech qancha pul ishlay olmaysiz.
Savdo-sotiqsiz e’lonlar shahobchasida daromad olish
E’lonlar sahifasida daromad olishning yo’llarini o’rganish vaqtida, deyarli har doim, arzon tovarlarga sarmoya kiritish va shaxsiy doʻkon ochish haqida yozishadi.
Axir, hamma ham boshlang’ich kapitalga ega emas va siz foydali takliflarni qidirib topishingiz va sotuvchilarga mutlaqo bepul xabarlar yuborishingiz mumkin.
Aslida, siz hech narsa sotmaysiz, siz bor yo’g’i e’lonlarni tarqatasiz.
Asosiysi, xaridorlarga tovarni asl egasini telefonini to’g’ridan-to’g’ri bermang. Oldin ular siz bilan aloqaga chiqishsin, ana undan keyin sotuvchini telefon raqamini bering. Xaridorga yaxshilab tushuntiring, sotuvchi bilan suhbat davomida u aynan sizni tavsiyangiz bo‘yicha kelganligi haqida aytishi lozim.
Bu hamkorlik dasturlari yordamida pul ishlashga o’xshaydi, uyda ish qilish, ammo ancha soddalashtirilgan shaklda va harakatlari to’liq erkinlikga ega.
Ustama narxni oshirib yubormang, tovar xaridor e’tiborini jalb eta olishi kerak. Asta-sekin, turli ijtimoiy guruhlar va boshqa e’lon sahifalarini o’zingizga saqlab olganingizda, qimmatroq mahsulotlarni sotishga kirishishingiz mumkin. Asosiy e’tiborni quyidagilarga qarating:
- kompyuter texnikasi;
- maishiy texnika;
- zargarlik bezaklari;
- kollektsiya, antiqa buyumlar;
- avtomobil uchun anjomlar;
- mebel;
- bolalar uchun tovarlar;
- brendli kiyim-kechaklar, aksessuarlar;
- ikki g’ildirakli transport.
Shu bilan birga yuk tashish, kiprik ulash, remont ishlari, elektrik yordami kabi hizmatlarni ham ko‘rib chiqish mumkin.
Uy sharoitida pul ishlash kuniga $10-$20 daromad olish
Misol:
- Olxda bir yigit Xiaomi telefonini barchadan arzon narxda, $120 ga sotayapti.
- Siz u bilan bog’lanasiz. Telefonni $140 yoki $130 ga sotib berishni aytasiz. $120ni o’ziga olib qolsin, sizga $10 ajratsin. Menimcha hech kim bunday taklifga yo’q demaydi.
- Endi xaridor izlaysiz. Uni telefonini chiroyliroq rasmlarini topasiz. Matnni chiroyli qilib yozasiz. Masalan, u soddagina qilib xiaomi sotaman degan bo’lsa, siz batafsil ma’lumot berasiz, telefonni afzalliklari haqida yozasiz, uni sotib olgan odam qanaqa qulayliklarga ega bo’lishini yoritib berasiz. Tayyor bo’lgan ma’lumotlarni siz ham OLXga joylaysiz. Lekin OLX bilan chegaralanib qolmaysiz, chunki boshqa e’lonlar shahobchalari ham bor va ularda ham odamlar xaridlar uyushtirishadi, masalan:
— tashkent.salexy.uz
— zor.uz
— sdelka.uz - Agar hammasini aytganimdek qilgan bo’lsangiz, siz bilan albatta aloqaga chiqishadi. Xaridorga telefon egasini nomerini berasiz va ismingizni aytib, uni raqamini siz berganingizni aytasiz.
- Bir oz vaqt o’tgach telefon egasidan xabar olasiz va $10 qayerga tashlashini tushuntirasiz. Uyda ish qilish qiyin emas 🙂
Davomini o’qing, yana qayerlarda e’lon berishni yoritib berganman. Hamda OLXda reklama yaratish maqolasida matnni qanday yozish haqida ma’lumot berganmiz.
E’lonlar saytida pul topish haqiqatmi yoki yo’qmi?
To’g’ri, uyda ish qilish osonga o’xshamaydi, eng muhimi siz hech kimni aldamayapsiz, aksincha, odamlarga kerak narsani topishga yordam berayapsiz. Asosiy qaltisliklar aynan vositachilarda yuzaga keladi, chunki sotuvchi pulni qo‘lga kiritganidan so’ng, g‘oyib bo‘lishi mumkin. Bu esa xizmatning eng asosiy kamchiligidir va sotuvchining halolligiga umid qilmasa ham bo‘ladi. Ba’zilar sotuvchidan olgan pulni to‘liqligicha o’zlarida saqlab qolishadi.
Xavfdan 100% yiroq bo‘lishning iloji y’oq, lekin siz noxush vaziyatlarga kamroq duch kelishingizga yordam beradigan foydali maslahatlar mavjud:
- Sotuvchilarga yuqori narx to‘laydigan xaridor topishni taklif qiling. Bu 30 ming soʻmlik narsa boʻlsa ham, siz ularning sotilishi uchun unga yordam bergan bo‘lasiz, shunda sizdan vos kechishmaydi.
- Xizmatlar boʼyicha e’lonlarni ko’rib chiqing. Ularning mualliflariga uzoq muddatli hamkorlikni taklif qilish mumkin. Masalan, tirnoq manikyuri bilan shug‘ullanuvchi qizlar, agar siz doimiy ravishda mijozlarni olib kelsangiz, kichik bir komissiya berishga rozi bo’lishadi.
- Masofaviy xizmatlar reklamasi bilan ishlashga harakat qiling. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda sayt yaratish, rivojlantirish va hokazo. Odamlar shaxsan ko‘rishishmaydi, shuning uchun pulni hisobingizga o‘tkazishni iltimos qiling, qo‘shimcha narxni o‘zingizda qoldirib, qolganini sotuvchiga o‘tkazib yuboring.
- Kichik do‘konlar e’lonlarini qidiring, hozirda hususiy tadbirkorlar juda ko‘p, ular yuzlab e’lonlar tarqatishadi. Ular mijozlar taklif eta oladigan insonga muhtoj. Ishoning, juda muhtoj. Sizni taklifga jon deb rozi bo’lishadi.
Bunday hamkorlik sotuvchilar uchun ziyon keltirmaydi, shuning uchun sizning harakatlaringizga ular befarqdirlar.
Asosiysi shundaki, siz tezda xaridor topasiz. Ba’zilari haq to‘lashni yoddan chiqarsalar, mayli deb, ko‘p kuyinmang. Ko’pchilik baribir vijdonan harakat qiladi.
Mahsulot uchun xaridorlarni qanday topish mumkin?
Internetda sotish bu san’at. Xaridorni tezda topish uchun siz ko’p harakat qilishingiz kerak. Avvalo, siz e’lon berish shahobchalarini (olx.uz, zor.uz va xokazo) topib, ularda ro’yxatdan o’tishingiz kerak.
Tanlovlar juda ko‘p, ma’lumot va rasmlarni siz asosiy e’londan ko‘chirib olishingiz va o’z raqamingizni ko’rsatib e’lon berishingiz mumkin.
Albatta, ijtimoiy tarmoqlar ham mos keladi. Ko‘pchilik odamlar allaqachon Telegram, Odnoklassniki, Instagram, hatto Facebook orqali faol pul ishlashmoqda. Uyda ish qilish mumkin.
Siz sahifalarni yaratishingiz va rivojlantirishingiz shart emas, reklama joylashgan guruhlarni qidirib toping. Yana bepul usullardan biri — bu forumlar, yangi mavzularni yoriting va kommentariyada reklamangizni qoldiring.
Ba’zilar pulli reklamadan foydalanishadi, ammo bu sarmoya kiritib pul topish usuliga kiradi va, yaxshisi, bir nechta bitimdan komissiya olgandan so‘ng bu usuldan foydalaning.
Tajriba orttiring, shunda hammasi yaxshilanishi uchun reklamaga ozgina pul sarflashingiz mumkin. Siz shunchaki qimmatroq tovarlarni tanlashingiz kerak, aks holda xarajatlaringiz qoplanmaydi.
E’lonlar sahifalarida pul ishlashning boshqa usullari
Sizga taqdim etilgan usullar yoqmasligi mumkin, lekin e’lonlar sayti orqali pul topishning yana bir necha variantlari mavjud. Siz ulardan alohida yoki uygʻunlashyirib foydalanishingiz mumkin:
- Shaxsiy mollarni sotish — bu uydagi barcha narsani sotib yuborish degani emas. Biror g’oya o‘ylab toping va ishlab chiqarishni boshlang. Bu hunarmandchilikning barcha turlari, zargarlik, eksklyuziv buyumlar tayyorlash, hatto xizmat ko‘rsatish bo’lishi mumkin. Ko’pchilik reklama joylashtirish orqali biznesini boshlagan, ammo bu sarmoya kiritishni talab etadi.
- Tovarlarni qayta sotish — bu yerda pul tikmasdan iloji yo‘q. Odatiy savdo-sotiq loyixasi arzonroqga olib, qimmatroqga sotishdir. Siz narxlarni yaxshi bilishingiz kerak, sahifalarni doimiy ravishda kuzatib boring va iloji boricha reklama tarqating. Shu bilan bir qatorda, siz Xitoydan tovarlarni yetkazib berishni yoki chet elga sotishni tashkil qilishingiz mumkin.
- Shaxsiy e’lonlar sahifasini yaratish eng foydali usuldir, ammo undan foydalanish ancha qiyin. Oddiy eʼlonlar saytini ishga tushirishingiz mumkin, agar pulingiz bo’lsa, frilanserga murojaat qiling va ular sizga e’lonlar sahifasini tayyorlab berishadi. U orqali daromad olish uchun, loyihani faol ravishda ilgari surish kerak.
E’lonlar shaxobchasi orqali pul ishlash va uyda ish qilish 2020
Uyda ish qilish maqolasi orqali Sizga keraksiz narsalaringizni sotib pul ishlashni emas, aksincha, kimdir keraksiz deb hisoblagan yoki sotishni niyat qilgan molini sotib olib, keyin sotishingiz orqali mo’maygina pul topishingiz mumkin ekanligini ko’rsatib bermoqchimiz. Bu pul topish uslubi eng ishonchlilardan xisoblanadi, chunki ko’pgina odamlar qo’llaridagi maxsulotni real narxini bilmaydilar yoki tezroq usha buyumdan qutilish uchun arzonga pullaydilar.
Bu usul qandaydir mukammal bilim yoki kompyuter savodxonligini talab qilmaydi. Qiziq tomoni – barcha jarayon real hayotimizda bo’ladi, ya’ni Siz nimadir sotib olish uchun sotuvchi bilan uchrashib molni sotib olishingiz kerak. O’zbekistonda e’lonlar shaxobchasi orqali ish topish yoki pul ishlash uchun Sizga birinchi navbatda Internet, kompyuter yoki telefon va sarmoya kerak bo’ladi.
Agarda sarmoya bo’lmasa molni qaysi pulga sotib olasiz? Boshlanishiga arzonroq narsalarni olib-sotishdan boshlash mumkin. Masalan, fleshka, naushnik, mikrofon, arzon telefonlar, televizor va boshqalar. Keyinchalik yahshi moslashib olsangiz, sarmoyangiz ko’payganida qimmatroq narsalar sotishingiz mumkin. Misol tariqasida faqat Elektronika bo’limini ko’rsatdik. E’lonlar shaxobchasi hali boshqa ko’p bo’limlarga boy. Masalan, olx.uz saytida quyidagi bo’limlar bor:
- Bolalar dunyosi;
- Ko’chmas mulk;
- Transport;
- Uy hayvonlari;
- Uy va bog’ uchun;
- Biznes va xizmatlar;
- Moda va stil;
- Xobbi, xordiq va sport
- Uyda ish qilish
Bulardan o’zingiz tushunadigan birorta bo’limni tanlab doimiy ravishda usha bo’limga oid mollarni sotib, pul ishlashingiz mumkin. Lekin, eng ommabop va e’lonlar ko’p bo’lim Elektronika bo’limi xisoblanadi. Chunki biz texnika asrida yashamoqdamiz, kuniga, balki soatiga yangi texnologiyalar ishlab chiqarishmoqda.
Yana bir narsani xisobga olish kerak, Sizga o’xshab pul ishlayman degan va hozirda pul ishlayotgan odamlar bu saytlarda yo’q emas. Ular juda chaqqon ishlashadi, masalan, kerakli bo’limga obuna bo’lishadi. Ularning aksariyati Toshkentda pul ishlash’adi. Kerakli bo’limda yangi e’lon joylansa, ularga darxol xabar boradi va Sizdan birinchi mol egasiga qo’ng’iroq qilib, molni olib qo’yishlari mumkin. Shuning uchun e’lonlar shaxobchasida pul ishlamoqchi ekansiz, Sizga tezlik ham kerak bo’ladi.
E’lonlar shaxobchasida qanday pul ishlash mumkin?
Ushbu saytlarda qanday ro’yxatdan o’tish haqida yozib o’tirmadim. O’ylaymanki, bu Sizga qiyinchilik tug’dirmaydi. Sizga o’zim boshimdan o’tkazgan bir voqea, uyda ish qilish haqida gapirib beray.
Yaqinda men televizor olmoqchi edim. Do’konlarni qaradim, yangi Artel televizori Mediapark savdo majmuasida 1 730 000 so’m narxda edi. Olx.uz saytiga kirib, huddi shu televizorni 1 200 000 so’mga ko’rdim, to’g’ri sal ishlatilgan edi, lekin huddi yangidak. Meni narx qoniqtirdi, chunki arzon edi. Ammo o’ylanib qoldim, balki boshqa televizor olarman?
O’zbekistonda emas, hech bo’lmasa Xitoyda chiqqan televizor olmoqchi edim. Olx.uzda 1-2 soatlarcha takliflarni ko’rib o’tirdim. Qancha ko’p televizor ko’rganim sari fikrim o’zgaraverdi, boshida Artel olmoqchi bo’lgan bo’lsam, keyinchalik Samsung olishni niyat qila boshladim. Bir payt yangi e’longa ko’zim tushdi, qo’yilganiga 10-20 daqiqa bo’lgan edi.
Taklif ham juda zo’r edi, 1 150 000 so’m evaziga Samsung 32 dyuymli LED televizori, 1 yillik kafolati bilan sotilayotgan edi. Tezda qo’ng’iroq qildim, lekin liniya band edi. Taxminan 10 martalar qo’ng’iroq qildim, baribir tusha olmadim. Yarim soatlardan keyin yana qo’ng’iroq qilib ko’rdim, go’shakni ko’tarishdi va hozirgina sotib yuborishganini aytishdi…
Endi aytingchi, kim bu televizorni mendan avval olib qo’ydi? Ha bu chaqqon olib-sotarlar edi. O’sha televizorni olib-sotar kamida 1 300 000 so’m, yahshi ketsa 1 500 000 so’mga pullaydi. 350 000 so’m daromad kimga halaqit qiladi ahir?
Bir eshitgan holatimdan ham misol keltirmoqchiman, ahir men sinalgan uyda ish qilish usuli haqida yozayapman.
Bir kuni men, tasodifan kiyik shoxini qanchaga sotilayotganini ko’rib qoldim, o’rtacha narx 500 000 so’m edi. Keyinchalik esa olx.uz da qidirib, 300 000 so’mga topdim va sotib oldim.
4-5 kundan so’ng, mendan uni 500 000 so’mga shu olx.uz saytining o’zida sotib olishdi.
Meni qilgan ishim, maxsulotga yahshiroq tarif berish va chiroyli rasm tanlash bo’ldi. 5 kun ichida 200 000 so’m sof foyda.
To’g’ri, kim uchundir bu pullar kam, lekin bu ish bilan muntazam shug’illanilsa, ancha ko’proq pul ishlash mumkin.
Nimalarga e’tibor berish kerak. Kerakli maslahatlar
Yuqorida bo’limga obuna bo’lish haqida yozgan edim. Sizda “qanday obuna bo’lish mumkin” -degan savol paydo bo’lgan bo’lsa, javobi quyidagicha:
Kerakli bo’limga bosasiz, masalan “Bolalar dunyosi-bolalar kiyimi” (Продажа детской одежды). Obuna bo’lish uchun e’lonlar tepasida turgan “Добавить в избранное” tugmasiga bosamiz va yangi e’lonlar biz ro’yxatdan o’tgan email manzilga kela boshlaydi.
Bu soxani ichiga kirib, yahshilab joylashib olsangiz – doimiy daromad kelib turadigan uyda ish qilish kasb egasi bo’lishingiz mumkin. Albatta siz xoziroq kirib mol olib-sotmassiz, lekin bo’limlardan o’zingizga ma’qul va odamlarga kerak bo’lgan arzon buyumni albatta topasiz.
Maxsulotni sotayotganda shu narsaga e’tibor bering, Sizning e’lon hammanikidan qandaydir ajralib, ko’zga tashlanib tursin va albatta pullik xizmatlardan foydalaning. Masalan, top-e’lon, e’lonni sariq rangga bo’yash, asosiy sahifada e’lonni chiqarish va boshqa xizmatlar.
Ko’pchilik bu xizmatlardan foydalanishmaydi, pullarini ayashadi. Lekin shu narsa aniqki, bu xizmatlarga tikilgan pul ko’p hollarda o’zini qoplagan. Hulosa shuki – e’lonlar shaxobchasi orqali pul ishlash mumkin va oson. Faqatgina chaqqonlik va tirishqoqlik jihatlarini rivojlantirsangiz bas. E’tibor uchun rahmat
Biz har bir usul haqida batafsil gapirib o’tmaymiz, chunki bu maqolaning asosiy g’oyasi biroz boshqacha. So’nggi variant eng qiziqarlisidir, agar siz sayt yaratishni xohlamasangiz, avval Telegramda guruh tuzishingiz va saytlardan topgan e’lonlarni u yerga joylashtirishingiz mumkin.
Reklama joylashtirish orqali pul topish ham mumkin.
Reklama tarqalishini yaxshilash (reklamalarni turli saytlarda e’lon qilish) uchun odamlar foydalanuvchilarga pul to’lashga tayyorlar.
Har kuni millionlab foydalanuvchilar e’lonlar saytiga tashrif buyurishadi va ko‘p odam to’planadigan joyda katta pul aylanadi. Siz topgan 200-400 dollar dengizdan tomchiday bo‘ladi.
Foyda to’g’ridan-to’g’ri sizning faolligingizga bog’liq va shuni bilinki, u asta-sekin o’sib boradi, avvalo siz hammasini tayyor qilishingiz, saytlar to‘plamini yig’ishingiz, sotuvchilar va xaridorlar bilan qanday qilib muloqot qilishni o’rganishingiz, samarali reklamalarni yaratishingiz kerak.
Tohirjonov