Qanday qilib aksiya sotib olish mumkin?

Birinchi navbatda, ikki muhim narsaga diqqat qilishingizni istardik:

  1. Agar sizda yetarlicha bilim va tajriba bo’lmasa, avval investitsiyaga oid bilimingizni oshirishni tavsiya qilamiz. Maqola faqat ma’lumot berish maqsadida tayyorlandi; unda ko’rsatilgan fikrlarni moliyaviy maslahat deb qabul qilmang.
  2. Kompaniya aksiyasiga investitsiya qilish va undan dividend olish halolmi?

“Bu ish va undan kelgan foyda halol. Faqat qilinadigan ish ham halol bo’lsa bo’ldi.” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh. Manba.

Kompaniya aksiyasini sotib olish, bu kompaniyaning bir qismiga egalik qilish degani. Aksiyaga investitsiya qilish — ribo emas. Aksiyadan oladigan daromadingiz kompaniya qanchalik daromad ko’rishiga bog’liq. Ya’ni, kompaniya daromadlari ko’paygani sari aksiyaning qiymati va sizning foydangiz ortib boradi yoki aksincha. Rahmatli shayx ustozimiz aytganlaridek, muhimi, kompaniya halol faoliyat bilan shug’ullanishi kerak.

Ozbekistonda qanday aksiya sotib olish mumkin

Qimmatli qog’ozlarga, xususan aksiyaga, investitsiya kiritish — boylik orttirishning va moliyaviy mustaqilikka erishishning eng samarali usullaridan biri. Dunyoning deyarli barcha boy kishilari investitsiya portfelida aksiyalar o’rin olgan. Shuningdek, yoshligidan aksiya olib-sotib millionerga aylangan va 30 yoshida pensiyaga chiqqanlar ham bir qancha. Lekin investitsiya siz uchun yangi soha bo’lsa, juda chalkash va murakkab bo’lib ko’rinishi mumkin. Fond birjasi haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lmaslik oqibatida sarmoyangizning katta qismini yoki hammasini bir zumda yo’qotishingiz mumkin. Shuning uchun, investitsiya qilish asoslarini o’rganish juda muhim. Qanday bilimlarni egallash kerakligini asta-sekin tanishtirib boramiz. Bitta maqolada hamma narsa haqida ma’lumot berishning imkoni yo’q. Qolaversa, bu maqolaning asosiy qismi AQShdan boshqa davlatda yashayotgan yurtdoshlarimiz qanday qilib AQSh aksiyalarini sotib olishga bag’ishlangan. Hozir shu bilan tanishib chiqsak.

Aksiya sotib olish tartibi: hisob raqam ochish

AQSh kompaniyalarining aksiyasini sotib olish uchun AQSh qonunchiligi bilan nazorat qilinadigan Brokerlik firmalaridan hisob raqam ochishingiz kerak. Agar siz AQShda yashasangiz, ko’plab brokerlar yoki banklar orqali hisob raqam ochishingiz mumkin. Charles Schwab, Fidelity, TD Ameritrade kabi brokerlik kompaniyalar shular jumlasidan. Lekin AQShdan boshqa davlatda istiqomat qilsangiz, bunday kompaniyalar soni cheklangan. Ayniqsa, O’zbekistonda sanoqli brokerlik firmalarining xizmatidan foydalana olasiz. Hozirda siz yashayotgan mamlakat nomini quyidagi link orqali kiritsangiz, qaysi brokerlar xizmatidan foydalanish mumkinligini tezda ko’rishingiz mumkin:

Saytga o’tish

Aksiya sotib olish
Qayerda aksiya sotib olish mumkin? Brokerlarni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

  • Qonuniy ro’yxatdan o’tganligi va davlat tomonidan nazorat qilinishini tekshiring. AQShda brokerlik faoliyati bilan shugullanish uchun, broker FINRA (The Financial Industry Regulatory Authority) va SEC (Securities and Exchange Commission)dan ro’yxatdan o’tgan bo’lishi kerak. Shuningdek, brokerlik faoliyati sug’urta qilingan bo’lishi zarur. Agar bankrot bo’lsa, mijozlar pulini qaytarib olishi uchun. Asosan, SIPC (Securities Investor Protection Corporation) va FDIC (Federal Deposit Insurance Corporation) brokerlar faoliyatini sug’urtalaydi.
  • Siz yashaydigan joyda xizmat turi mavjudligini tekshiring. Broker firmalarining saytida xizmat ko’rsatadigan mamlakatlar ro’yxati odatda bo’ladi. Agar topa olmasangiz yoki double-check qilishni xohlasangiz, o’zingiz email/telefon orqali bog’lanib ko’ring.brokerlik firmasi
  • Brokerlik xizmatlari uchun to’lovlar miqdoriga e’tibor bering. Ba’zi brokerlar hisob raqam ochish uchun ham minimal summa talab qiladi. Shuningdek, mahsulot turiga qarab har bir savdo yoki shartnoma uchun xizmat haqi mavjud.

    TD Ameritrade va Fidelity brokerlik xizmat haqlari.
    TD Ameritrade va Fidelity brokerlik xizmat haqlari.
  • Savdo qilish mumkin bo’lgan mahsulotlarga e’tibor bering. Ba’zi brokerlar orqali kripto savdosini qilib bo’lmaydi, ba’zilarida esa Forex yo’q. Siz qanday turdagi birja mahsulotiga investitsiya qilmoqchi bo’lsangiz, broker orqali buni qila olasizmi tekshirib ko’ring.
  • Savdo platformasi va interfeys ham muhim ahamiyatga ega. Broker sayti yoki ilovasi bozor tadqiqotlarini amalga oshirish uchun resurslar bilan ta’minlangan bo’lsa yaxshi foydasi tegadi. Agar aksiyalarning bozor qiymati tez yangilanib turmasa, kerakli moliyaviy ko’rsatkichlarni osongina topa olmasangiz, yoki to’lovni amalga oshirishda sayt qotib qolaversa, kayfiyatingiz va ish samarodligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

O’zbekistonda qaysi brokerlar xizmatidan foydalanish va aksiya sotib olish mumkin?

Quyidagi brokerlar orqali AQSh aksiya bozorida savdo qilishingiz mumkin.

O’zbekistonda foydalanish mumkin bo’lgan brokerlar ichida, ushbu brokerlarni eng yaxshi onlayn brokerlar deyish mumkin. Bu brokerlar ancha yillardan beri faoliyat yuritib keladi, qonuniy ro’yxatdan o’tgan va ishonchli. Kerakli hujjatlarni taqdim qilib, hisob raqamni onlayn ochishingiz mumkin. Hisob raqam ochib, unga pul o’tkazgandan keyin aksiyalarni o’zingiz onlayn savdo qila olasiz.

Agar aksiyalar savdosi bilan jiddiy shug’ullanmoqchi bo’lsangiz, hisob raqam ochishdan oldin brokerlarni yaxshilab taqqoslab ko’ring. Shoshilmasdan, birinchi yaxshilab o’rganing. Xitoylarda bir maqol bor, “Daraxt ekish uchun eng yaxshi vaqt 20 yil oldin edi. Ikkinchi eng yaxshi vaqt esa hozir.” Huddi shu kabi, biror kompaniyaning aksiyasiga oldinroq investitsiya qilib qo’ymabmanda deb o’ylanish kerak emas. Yaxshi kompaniya aksiyasini arzon sotib olish uchun imkoniyat doim bo’ladi. Siz bu imkoniyatni hozirdan yaratishingiz mumkin: investitsiya haqida o’qishni boshlang.

Savollaringiz bo’lsa izoh orqali qoldiring.

Ma’lumot uplift telegram kanalidan olindi.

27 комментариев к “Qanday qilib aksiya sotib olish mumkin?”

    • assalomu alaykum sotibolingan aksiyaning muddati kompaniya bankrot bo’lgunga qadar shu sababli aksiya sotib olingan kompaniyani kuzatib borish lozim narx bir nuqtaga yetganda yaxshisi sotib boshqa potensiali kengroq kompaniya aksiyasini sotib olgan maqul, va doimo kompaniyani kuzatib borish lozim

      Ответить
  1. Assalomu alaykum. Aksiyani online sotib olish mumkinmi? Mumkin bo‘ksa qanday qilib? Aksiya savdosiga kirishda minimum mablag‘ qancha bo‘lishi kerak?
    Javob uchun oldindan rahmat.

    Ответить
    • Va alaykum Assalom. Aksiyani.onlayn sotib olish uchun tepada aytilgan brokerlik saytlaridan ròyhatdan òtish kerak bòladi va keyin deposit kiritib aksiya sotib olish mumkin. Minimum mablaģni òylashdan oldin bu soha bòyicha bilimi bor insondan òrganish kere bu sohani. Keyin mablag kiritsaiz bòladi. Qanaqa aksiya sotib olgan yaxshi qachon sotgan yaxshi buni shu soxani ichida yurganla yaxshi biladi. Sz bilan manga òxshaganla boshidan pul tikib afsuslanib qolishadi kòpincha. Maslaxatim oz moz bilimga ega bolish kere.

      Ответить
    • Hozir unaqa kursla.juda.kam boriyam ming $ atrofida shuning uchun internetdan òrgangan maqul lekin jiddiyriq shuģullanmoqchi.bòseiz ustoz topganiz maqul

      Ответить
  2. Salom. bu sohani anchadan beri organaman, lekin Ozbekistonda bu brokerlarga Deposit qilish juda qiyin ekan, pochti xamma banklarga kirib chiqtim, bittasiyam bilmedi nima bu, qande bu ishledi, topfogan gaplari bizda mumkun emas, bu Amerikani bank raqamlari i td, bilishmasa nimaga bankta ishledi bilmiman, shu maasalani agar yaxshi tushinsela iltimos yordam bervorilar, oldindan raxmat

    Ответить
    • Siz Swiit deb yozib qoygan banklarga borsez shula utqazib beradi asosan swiit orqali pul utqizishadi Fond birjalariga visa master card orqali utqizsayam boladiyu yo bomyaptimi shuniyam qilib kordizmi

      Ответить
  3. Assalomu alaykum .Izoh yozganlar .991557259.manashu raqamdagi telegramga Yozsin va men bir guruh ochib .sizlarni qoʻshib qoʻyaman va kim aksiya sotib olgan kim sotadi qaysi kompaniyaning aksiyalari yahshi kabi momolarni birga oʻrtoqlashamiz.shunda biz birgalikda aksiya haqidagi bilimlarimizni oshiramiz.Biz birgalikda ishlasak aksiya bozorida yutqazmaymiz inshaalloh.

    Ответить
  4. O’zbekiston hududidagi kompaniyalarining aksiyalari savdolarini qayerda amalga oshirsak bo’ladi? O’zbekiston kompaniyalarining ham aksiyalari sotiladimi?

    Ответить
  5. SEO ПРОДВИЖЕНИЕ САЙТОВ В МОСКВЕ!
    Акция до конца сентября 2023 года!
    Бесплатный запуск SEO продвижения Вашего сайта.
    Гарантированный вывод Вашего сайта в ТОП10 Яндекс по любым фразам, БЕЗ ПРЕДОПЛАТЫ!!!
    Главное условие: ваш сайт должен находится в ТОП100 Яндекс.
    От Вас нужно только название сайта и список ключевых запросов.
    Я запускаю SEO — сайт выходит в ТОП10, далее заключаем договор на удержание позиций.
    Оставляйте заявки на бесплатный тестовый период по номеру +7(903)969-36-76. Или на сайте. Работаю по всей России.
    https://rusinov-seo.ru/

    Ответить
  6. Приветствую, меня зовут Даниил! Ваш сайт — bilimdonlar.com — очень понравился мне.
    Я готов предложить Вам выгодную цену после тщательного анализа статистики.

    Если Вам интересно мое предложение, я бы хотел попросить Вас предоставить доступ к метрике на аккаунт — Daniil89217894501@yandex.ru.

    Для обеспечения безопасности сделки, предлагаю воспользоваться биржей Telderi.

    Пожалуйста, не оставляйте меня без ответа 🙂

    С уважением, Даниил.

    Контакты для связи:
    8 (921) 789-45-01 мобильный номер
    https://t.me/Danya_spb_ru телеграм
    Daniil89217894501@yandex.ru эл. почта

    Ответить

Оставьте комментарий