Uyda soch o’stirish usullari

Har bir ayol uzun, chiroyli, ipakday mayin sochlarni orzu qiladi. Bunday sochlar sohibasi atrofdagi barcha insonlarda hayrat hisini uyg’otadi. Uzun va jozibador sochlarning egasi bo’lishni istasangiz, soch o’stirish usullari va maslahatlarimizdan foydalanishni tavsiya etamiz.

Koʻpchilikda sochlar juda sekin o’sadi, uchlari gullab ketadi, rangi ocharib, mayinlikni yo’qotadi. Buning turlicha sabablari mavjud:

  • noto’g’ri turmush tarzi;
  • yomon ekologiya;.
  • soch parvarishi mahsulotlarida kimyoviy moddalarning ko’pligi;
  • doimiy stress.

soch o'stirish usullari

Bu muammolarga yechim bor. Ulardan biri – uy sharoitida sochga niqoblarni surtish. Albatta, siz do’konda tayyor niqoblarni sotib olishingiz mumkin, ammo ularning ko’pchiligida terining sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatadigan kimyoviy moddalar mavjudligini unutmang.

Soch o’sish tezligi odamning genetika va sog’lig’iga bog’liq. Ammo umumiy qilib olganda, taxminan oyiga 1,5 sm ni tashkil etadi. Siz o’z orzuingizga qanday erishishingizni bilmayapsizmi? Soch o’stirish usullari ni anglash uchun birozgina harakat qilsangiz bo’ldi.

Soch o’stirish uchun nima qilish kerak?

  • Soch o’sishini tezlashtirish uchun avval bosh terisi va sochlarning holatini kuzatib borish kerak. Go’zallik salonida sochlaringizni bir necha santimetrga kaltalashtiring. Shunda, siz shikastlangan qismini olib tashlaysiz, soch ildiziga tushadigan og’irlikni kamaytirgan bo’lasiz.
  • Issiq havo va yuqori harorat ta’sirini butunlay bartaraf eting. Soch quritgich, dazmol va shunga o’hshash boshqa moslamalarni ishlatmang. Qaynoq havo sochni mo’rtlashishiga, ingichkalashishiga va to’kilishiga olib keladi. Sochingizni tabiiy ravishda quriting.
  • Sochingizning uchlari hamisha namlangan bo’lishi lozim. Buning uchun maxsus namlantiruvchi losyonlar, konditsionerlar yoki ajoyib bir vosita — jojoba yog’idan foydalaning. Oziqlantiruvchi moddalar sochlarning gullashini oldini oladi.
  • Sochlaringizga to’g’ridan-to’g’ri quyosh nuri tushmasligini ta’minlashingiz shart. Quyosh chaqnagan paytida bosh kiyimsiz yoki quyoshdan saqlovchi vositalarni surtmasdan ko’chaga chiqmang. Ultrabinafsha nurlari sochlarga juda katta zarar yetkazadi.
  • Sochingizga biroz bo’lsada eʼtiborli bo‘ling. Ularni tarash yoki turmaklash uchun vaqtingizni ayamang, chunki shoshilganingizda sochning o’ziga yoki ildiziga zarar yetkazishingiz mumkin. Xuddi shu sababga ko’ra, ho’l sochlarni tarash tavsiya etilmaydi.
  • Noto’g’ri tanlangan soch qisqichlari, to’g’nag’ichlar, tasmalar sochni shikaslantiradi. Jarohatlanishlarga qarshi maxsus himoya moylaridan foydalaning.
  • Sochni kimyoviy moddalar ta’siridan himoya qiling. Agar siz “sochlarimni o’stiraman”, deb oldingizga maqsad qo’ygan bo’lsangiz — ularni bo’yashni yoki kimyoviy jingalak qilishni butunlay unuting. Chunki bunday jarayonlar soch fallikulasiga kuchli ta’sir qilib, uni to’kilishiga olib keladi.
  • Har qanday stress holatlardan o‘zingizni saqlang. Stress odatda sochni to’kilishiga sababchi bo‘ladi!

soch o'stirish uchun dori

Soch turmaklari uchun dastur

Uy sharoitida niqoblar qo‘yish — Soch o’stirish usullari

Esingizda bo’lsin, ko’pchilik niqoblar sochni yuvishdan oldin qo’llaniladi.

Sochlarni oziqlantiruvchi, mustahkamlashishi va o’sishiga katta hissa qo’shadigan niqoblarning bir nechta retseptlarini sizga keltirib ko’rsatamiz.

Ozish haqida

Aloe va asalli niqob — soch o’stirish usullari

2 osh qoshiq aloe sharbatiga 1 osh qoshiq asal va 1 tuxum sarig’I qo’shib, yaxshlab aralashtiring. Quruq sochga surting va bir soatga o’rab qo’ying. Ushbu niqobni haftada bir necha marta qo’llashingiz mumkin.

Xamirturushdan niqob

1 choy qoshiq iliq suvga, 1 osh qoshiq xamirturush va 1 dona tuxum oqini qo’shing. Aralashmani bosh terisiga surting. Niqob quriganidan keyin uni yuvib tashlang.

soch o'stirish dorisi

Xantalli niqob

Xantal bosh terisini qizdirib, qon aylanishini yaxshilaydi, natijada soch fallikulalariga ozuqa tezroq yetib borishi taminlanadi. Bunday niqobni tayyorlash uchun 2 osh qoshiq xantal kukunini olib, 2 osh qoshiq o’simlik yog’i bilan aralashtiring. So’ng 2 osh qoshiq shakar, tuxum sarig’i va ozgina suv qo’shing. Bunday niqobni qo’llashdan oldin, sochlarning uchlariga moy surtish tavsiya etiladi. Boshingizga polietilen qalpoqcha kiyib, sochiq bilan o’rab qo’ying. Niqobni 30 daqiqa ushlab turgandan so’ng, shampunsiz iliq suvda yuvib tashlang.

Piyozli niqob

Jilovsiz va shikastlangan sochlarni tiklash uchun piyozli niqob eng samarali usul deb hisoblanadi.  Piyoz tarkibida C, B2, B6, E vitaminlari, shuningdek, ftorid, yod, oltingugurt, mis va kaliy bo’lgani tufayli bu niqob sochlarni o’sishiga yordam beradi. Ushbu niqobni tayyorlash uchun 4 osh qoshiq piyoz sharbatiga 1 osh qoshiq iliq qatiq qo’shing, ustiga 2 osh qoshiq repeynik moyi va 1 osh qoshiq suyuq asal qo’shib, yaxshlab aralashtiring. Ta’sirini kuchaytirish uchun hosil bo’lgan massaga 50 g konyak qo’shishingiz mumkin. Niqobni sochning ildiziga yaxshilab surtib, uzunligi bo’ylab taqsimlash kerak. Boshingizga qalpoqcha kiyib, sochiq bilan mustahkam qilib o’rab qo’ying. 1,5-2 soatdan keyin shampun bilan iliq suvda yuvib tashlang.

Dolchinli niqob

Dolchinli niqob sochlarni chuqur oziqlantirib, namlik beradi, soch to’kilishini, gullab ketishini oldini oladi, qazg’oqdan halos etadi. Dolchinning qon aylanishini tezlashtira olish qobiliyati tufayli soch follikulalari faollashadi va soch o’sishini tezlashadi. Ushbu ziravor tarkibida turli xil moddalar va antioksidantlar mavjud bo’lib, ular sochlarni jadal o’sishini taminlaydi. Bunday niqobni tayyorlash uchun 3 osh qoshiq dolchin kukunini 3 osh qoshiq asal bilan aralashtiring. Ustiga 1 osh qoshiq isitilgan kokos yog’i qo’shib, niqobni soch uzunligi bo’ylab surtib chiqing. Uni 15-20 daqiqa ushlab turish tavsiya etiladi.

soch o'stirish uchun vitaminlar

Soch o’sishi bo’yicha mutaxassislarning maslahatlari

Shifokorlar sochga nafaqat tashqi, balki ichki tomondan ham ta’sir ko’rsatish kerak taʼkidlashadi!

“Agar sochingizni qisqa vaqt ichida o’stirishni istasangiz, albatta shifokor bilan maslahatlashib, organizmingizga kerak bo’gan vitaminlarni qabul qiling.” – deb mutaxassislar maslahat berishadi.

Uy sharoitida niqoblarni tayyorlash qiyinchilik tug’dirmaydi. Bundan tashqari, bu sizga pulingizni tejashga yordam beradi. Bunday niqoblarning katta afzalligi shundaki, ular mutloq tabiiy.

Barcha aytib o’tgan tavsiyalarimiz sizga foyda beradi degan umitdamiz.

Soqol o’stirish haqida

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
5 Izoxlar
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
5
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x