Telegramda akkaunt ochish juda oson, lekin shunaqa oson narsaga ham odamlar 1-2 soatlab vaqt sarflaydi. Sizga tushunarli bo’lishi uchun, barcha jarayonni juda sodda qilib tushuntirib beraman.
Sizda qanday qurilma ekaniga qarab ro’yxatdan o’tish jarayoni o’zgarishi mumkin.
Agar sizga telegram ios (iphone — ayfon) uchun kerak bo’lsa, quyidagi qo’llanmadan foydalaning — iPhoneda telegram account qilish
Androidda telegram akkaunt ochish
- O’rnatishni boshlash uchun pastdagi tugmaga bosamiz
- Bizga ushbu oyna ko’rsatiladi
- U yerda yashil «установить» tugmasiga bosamiz
- O’rnatish jarayoni boshlanadi. Dastur yuklanishini kutamiz
- Bu yerda yashil «открыть» tugmasiga bosamiz va dastur ochiladi
- Birinchi kirishda dastur ingliz tilida ishlaydi, registratsiya qilgandan so’ng tilni o’zbek tiliga o’zgartirishni ham o’rgataman. Ko’k «Start messaging» tugmasiga bosamiz
- Keyingi sahifada bizdan telegram qo’ng’iroqlarni qabul qilishiga ruhsat so’rashadi, «ok» tugmasini bosamiz. Pastda ruhsat so’rash tugmasi chiqadi, 2-3 marotaba chiqishi mumkin, «разрешить» tugmasini bosamiz
- Endi telefon raqamimizni kiritamiz va ko’k strelkaga bosamiz. Agar O’zbekistonda bo’lmasangiz, tepadan davlatni o’zgartiring
- Bizni raqamga SMS yuboriladi, telegram uni o’zi olib joylashtiradi, agar bunday bo’lmasa, kelgan SMSdagi 5 xonali kodni quyidagicha kiritamiz
- Keyingi sahifada bizdan o’zimiz haqimizda ma’lumot — ism va familiyani kiritish so’raladi. Familiya majburiy emas, ismni ham o’zingiznikini kiritishingiz shart emas, masalan birorta nik (tahallus) kiritsangiz bo’ladi
Tabriklaymiz! Siz telegram akkaunt qilish jarayonidan o’tdingiz.
Agarda tilni almashtirmoqchi bo’lsangiz buni o’qing — Telegramni o’zbek tiliga o’tkazish
+998900122939
Menda ishlamayabfi
Haydaraliyeva
+998931361775
Nargiza_.
Diyorjon
Esanov
O‘chir