Internetda ishlagan pullarni qanday yechamiz — degan savollar juda ko’p berilayotgani tufayli, bugun Sizlarga «Websum haqida: Websum milliy to’lov tizimida ro’yxatdan o’tish» nomli maqolamiz taqdim etmoqdamiz. Bu maqolamizda Siz Websum to’lov tizimi haqida, unga pul tashlash va pulni yechish, hamda Websum orqali boshqa elektron pullarni harid qilish, masalan, Websum orqali Webmoney yoki QIWI sotib olishni o’rganasiz.
WEBSUM — elektron to’lov tizimi bo’lib, u orqali foydalanuvchilar Internetda maxsulotlarini tezda xarid qilishlari, telefon yoki Internetga pul to’lashlari, web-saytlari uchun hosting sotib olishlari, qorinlari ochib qolsa ovqat buyurtma qilishlari va yana ko’plab xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Websum bilan ishlaydigan servislar kun sayin oshib bormoqda. Websum haqida va boshqa ma’lumotlarni tizimning saytida olishingiz mumkin.
Barcha xisob-kitob WEBSUM (WSM) to’lov birligida amalga oshiriladi. WSM to’lov birligi — O’zbekiston milliy valyutasi so’mining ekvivalenti hisoblanadi, 1 so’m 1 WSM ga teng. (1 WSM = 1 so’m)
Websum milliy to’lov tizimida ro’yxatdan o’tish juda ham oson
Yuqoridagi ssilkaga bosgach, Websum saytida ro’yxatdan o’tish sahifasi ochiladi. U yerda 2ta variant bor: yuridik shaxslar uchun va jismoniy shaxslar uchun. Agarda uyali aloqa, internet va boshqa ko’plab to’lovlarni oshirish uchun Websum hamyon ochayotgan bo’lsangiz, jismoniy shaxsni tanlab ro’yxatdan o’ting
Keyingi sahifada, Sizdan o’zingiz haqingizdagi ma’lumotlar kiritishingiz so’raladi. Barchasini to’liq ko’rsating. Unutmang! Ma’lumotlar to’g’ri bo’lishi kerak, aks xolda to’lovlarni amalga oshira olmaysiz, tashlagan pulingiz esa kuyib ketishi mumkin. Eng muxim maydonlar — bu familiya, ism va pasport ma’lumoti. Rasmda barcha ma’lumotlar qanday kiritilishi ko’rsatilgan
Barcha ma’lumotni ko’rsatib, «Зарегистрировать» tugmasini bosganingizdan so’ng, agar barchasi to’g’ri bo’lsa, quyidagicha sahifaga yo’naltirishadi. U yerda Sizning ID, ro’yxatdan o’tish muvaffaqiyatli kechgani va E-mail pochtangizga kirib uni tasdiqlashingizni kerakligi haqida xabar ko’rsatiladi. ID raqamni biror yerga yozib qo’ying. Chunki saytga kirish, xisobingizni to’ldirish va boshqa Websum foydalanuvchilaridan pul qabul qilish uchun Sizga ID kerak bo’ladi
Ro’yxatdan o’tganingizni tasdiqlash uchun ko’rsatgan E-mail manzilingizni tekshiring. Tasdiqlash tugmasiga bosing
E-mailga kirib ro’yxatdan o’tganingizni tasdiqlaganingizdan so’ng, saytga tashrif buyurishingiz mumkin. Buning uchun saytning o’ng tarafidagi «Войти» tugmasini bosamiz. Keyingi sahifada ro’yxatdan o’tganimizda olgan ID‘ni va parolni kiritamiz
ID va parol to’g’ri ko’rsatilgan bo’lsa, Sizni Websumning asosiy sahifasiga yo’naltirishadi. U yerda barcha to’lov turlari ko’rsatib qo’yilgan. Endi to’lovlar amalga oshira olish uchun o’z shaxsingizni tasdiqlashingiz kerak. Buning uchun saytning o’ng tomongi menyusida «верификация» tugmasiga bosing
Verifikatsiyadan o’tish uchun, ya’ni shaxsingizni tasdiqlash uchun saytga o’z pasportingiz nusxasini yuborishingiz kerak. Pasportning ikta sahifasi yuboriladi: Asosiy (rasmingiz ko’rsatilgan) va manzilni tasdiqlash (propiska) sahifalari. Buning uchun «выбрать файл» tugmasiga bosing va pasportingizni skanerlangan rasmini tanlang, «согласен» maydoniga galochka qo’ying va «отправить» tugmasiga bosing
Barcha ma’lumotlar muvaffaqiyatli yuklanib, saytga yuborilgach, sayt raxbariyati Siz yuborgan pasport nusxasi va Siz kiritgan ma’lumotlarni solishtiradi. Agarda barcha ma’lumot to’g’ri kiritilgan bo’lsa, Sizga «Верифицирован» tasdiqlangan statusi beriladi.
O’ylaymizki bu jarayonlarni amalga oshirish Sizga hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Agarda biror nima tushunarsiz bo’lsa Video darsligimizni ko’ring yoki izoh orqali savolingizni qoldiring.
Keyingi Websum haqida’gi maqolamizda Qanday qilib Websum orqali Webmoney, Qiwi, Yandex Money va boshqa ko’plab elektron pullarni xarid qilish haqida ma’lumot beramiz.