Assalom alaykum hurmatli saytimiz foydalanuvchilari. Uzoq muddatli tanaffusdan keyin, Sizlarni talablaringizga binoan, bugun frilanser haqida maqola yozishga jurat etdik. O’ylaymizki bu maqola orqali Siz frilanser kim va nima ish qiladi degan savollarga javob topasiz.
So’ngi vaqtlarda «frilans» termini juda mashxur bo’lib bormoqda — internetda pul ishlayman degan odam, bir marotaba bo’lsa ham bu so’zni eshitgan. Lekin u haqida hamma har xil tushunchaga ega. Bu maqolada biz Sizga frilanserlar kim va ularning ishlarini muxim jihatlari haqida gapirib beramiz.
Demak, frilans o’zi nima?
Freelanser (free — bo’sh; lancer — ishchi) — bunday nom bilan o’rta asrlardagi yollanma jangchilarni atashgan, ular yuk tashishgan, kerakli odamlarni qo’riqlagan, janglarda qatnashgan va bularni hammasi uchun yahshigina pul olgan.
Frilanserlar, kimning puli ko’p bo’lsa, o’sha tomon uchun jang qilganlar. Hozirgi zamonaviy «bo’sh ishchilar» biz aytgan ota-bobolaridan farqli o’laroq, jang uchun klaviatura, sichqoncha, planshet va internetga o’xshashlarni ishlatishadi.
Frilanser ish beruvchining doimiy ishhi-xodimi sanalmaydi, bir martalik vazifalarni bajaradi, evaziga kelishilgan pulini oladi. Buyurtmachi (ish beruvchi) bilan masofadan turib bo’glaniladi, ko’p hollarda ijtimoiy tarmoqlar orqali, elektron pochta, Skype, whatsapp, telegram va boshqa xokazo.
Frilanserlarning ish joyini oladigan bo’lsak, bizning vaqtda bu bozorga o’xshash joyni esga soladi, buning asosi esa birjalar bo’lib, u yerda ish beruvchilar o’zlarining takliflarini (ishlari, vazifalari) e’lon qilishadi, frilanserlar esa takliflar orasidan o’zlariga maqul bo’lgan ishni qidirib topadilar.
Agar ikkala taraf ham barcha ishga oid savollar bo’yicha bitta bitimga kela olishgan bo’lsa, u holda topshiriqni bajarishga kirishish mumkin. Agarda yo’q bo’lsa, har doim taklifni inkor qilish imkoniyati mavjud. Ishonavering, Siz qandaydir offisda oylikka ishlaydigan oddiy hodim bo’lsangiz, bunday taklifdan so’ng narsalaringizni yig’ishtirgan bo’lar edingiz.
Albatta, bu misolimiz ancha qisqartirilgan va kasbning barcha afzalliklari haqida yoritilmagan. Yollanma ishchilarning hayoti har kuni ham quvonchli bo’lavermaydi, bir xil kamchiliklar bor — masalan, buyurtma qidirish, boshqa raqib ishchilar oldida pozitsiyani ushlab qolish uchun, o’z mexnatini narxini pastga tushirib aytish va boshqalar. Lekin kelinglar bularga chalg’imaylikda, frilanserni portretini oxirigacha chizib qo’yaylik.
Bu yerda eng foydali kasblar ro’yxatini keltiramiz, ularni bilgan odam frilanserlik qila oladi:
- Dasturchi (IT)
- Dizayner (web-dizayn, illyustratsiya)
- Kopirayter (kopirayt, rerayt, tarjima qilish)
- SEO-mutaxassis (saytlarni yurgazish)
- 3D-modellashtirish bo’yicha mutaxassislar
- Poligrafiya maxsulotlari bo’yicha verstalshik
- Marketolog (reklamachi)
- Injener, arxitektor
- Autsorser, konsultant, kouch (biznes trener)
- Fotograf, illyustrator
Bu kasblardan ko’plari internetga bog’liq bo’lgani uchun, ko’p odamlar, frilanserlar faqat internetda ishlaydi deb o’ylashadi, lekin bunday emas. Masalan, uyingizga kelib, bollaringizga matematika yoki ingliz tilidan dars berib ketadigan o’qituvchi ham frilanser hisoblanadi. Elektrik, santexnik, svarshik — bu yigitlar ham hususiy vaziflar bajarish orqali pul topishlari mumkin.
Qanday qilib frilanser bo’lish mumkin?
Ko’pgina talabgorlarning aytganidek, oliy ma’lumotli va doktorlikni yoqlagan bo’lish shart emas. Buyurtma beruvchini bular emas, Siz ishni qanday bajara olishingiz, qo’yilgan maqsadga intilib uni qanchalik yahshi bajarishingiz qiziqtiradi. Agarda Siz bu ishlardan birortasi haqida bilimga ega bo’lsangiz yoki qiziqsangiz, sizda frilanser bo’lish uchun yahshigina imkoniyat bor.
Texnik tomonlama bularni amalga oshirish uncha qiyin narsa emas — frilanserlar birjasida ro’yxatdan o’tish, anketa to’ldirish va buyurtmalar kelishini kutsangiz bas. Variant sifatida, buyurtmachiga o’zingiz murojaat etib, undagi vazifani Siz bajara olishingizni aytishingiz mumkin. Nega aynan birjalar?
Bu shunday joyki, u yerda yangilar uchun mo’ljallangan osonroq vazifalarni bajarib tajriba yig’ish kerak. Tajribaga boy frilanserlar esa o’zlari, o’rtadagi odamlarsiz buyurtmachini qidirishadi, masalan sayt ochib o’zlarining xizmatlarini taqdim etishadi.
Nimalarni bilib oldik:
Frilanser bu — shtatda bo’lmagan, rasmiy ravishda xodim sanalmaydigan ishchidir. Xozirgi kunda ularning davrasi nafaqat internetda, balki hayotimizda ham kengayib bormoqda, shunday bo’lsa ham, ko’pgina odamlar «frilans» haqida gapirganda, internetda masofadan turib ishlashni nazarda tutishadi.
Agarda bu usul orqali pul topishni rejalashtirgan ekansiz, buyurtma olishda tug’iladigan qiyinchiliklarga va katta raqobat maydoniga ko’nikishingizga to’g’ri keladi. Qandaydir zo’r tomonga ega bo’lish shart emas, lekin birorta ishni boshqalardan yahshi qila olishingiz kerak. Faqatgina tajriba amaliyotlari orqali oddiy ishchidan eng kerakli mutaxassisga aylanish mumkin.
Frilans bo’lib ishlashning afzalliklari
Deylik, siz «frilans» va «frilanser» degan tushunchalardan bohabarsiz. Deylik, ular bilan tanishgach, Siz masofadan turib ishlashni niyat qildingiz (удалённая работа). Albatta bu niyatingiz yahshi, lekin Sizning bu ish haqida tasavvuringiz hali to’liq emas, va uni to’ldirishda biz yordam beramiz. Huddi boshqa ishlar kabi, erkin ishlashning afzalliklari va noqulayliklari bor. Maqolani oxirigacha o’qimasdan qochib qolmasligingiz uchun, yahshi tomonlaridan boshlaymiz. Keling, afzalliklarni birma-bir sanab o’tamiz:
O’ziga maqul bo’lgan ish vaqtini tanlash. Qanday grafik bo’yicha ishlash, buni faqat o’zingiz hal qilasiz. Tushlik va tanaffus vaqti — bularni vaqtini ham o’zingiz belgilaysiz. Ish planini bajarilgan yoki bajarilmagani haqida hisobot topshirish ham talab etilmaydi. Bundan tashqari, ish vaqtini qaytadan bo’lib chiqish mumkin.
Masalan, kechasi bilan birorta kinoni ko’rib chiqdingiz, bildingizki umuman uxlamagansiz, ertasi kuni esa bir dunyo ishingiz bor. Endi aytingchi, ertasi kuni ishni har kunga vaqtda emas, to’yib uxlavolib boshlasangiz, kim sizni uxlab qolganingiz uchun koyishi mumkin? Hech kim, faqatgina o’zingizni vijdoningiz. Ta’tilga ham yilning hohlagan vaqtida chiqib ketish mumkin. Bunday tartibda ishlash uchun
kundalik tutish qoidalari bilan mana bu maqola orqali tanishib qo’yganingiz yahshi yordam beradi.
Siz hech kimni qo’l ostida ishlamaysiz. Har bir qilgan ishingizni nazorat yoki bekor o’tiqizgan, chekishga yoki kofe ichishga ketgan vaqtingizni hisoblaydigan odam bo’lmaydi. Frilanser istagan vaqti o’z hojatlarini qondirib kelishi, uy ishlariga sho’ng’ib ishni tashlab qo’yishi, keyin qaytib kelib yana ishni davom ettirishi mumkin — asosiysi bu uchun hech kim tergamaydi.
Asablar doim joyida. Hech qaysi birimizga sir emaski, ishdagi munosabatlar har doim ham yahshi bo’lavermaydi, ayniqsa, hozirgi ish o’rni uchun raqobat juda kuchli zamonda. Frilans ishchini bular bezovta qilmaydi, unga yoqimsiz bo’lgan odamlar bilan gaplashishi shart emas. Har xil g’iybat, ayb topish, ishlamagani uchun chaqib berishlar, bular frilanser uchun yiroqda. Albatta bir o’zi ishlaydigan odam ko’pincha zerikib ketadi, lekin siz o’yin-kulgu uchun ishlayotganingiz yo’qku.
Cho’ntak uchun sezilarli foyda. Ekspertlarning izlanishlari shuni ko’rsatdiki, davlat korxonasi yoki firmalardagi ishchilarning o’rtacha oyligi, frilans ishchilarining daromadidan ancha kamroq ekan.
Buning sababi shundaki, «erkin ijodkor» o’z foydasini birovlar bo’lishishi shart emas. Menedjerlar, marketologlar, xatto buxgalterlar bilan ham… Hech kim bilan! Siz o’z mexnatingiz bilan ishlab topgan pulingiz, Siznikiligicha qoladi, ularga yana kimdir sherik chiqa olmaydi.
Ko’p soxalar bo’yicha ishlash. Ish beruvchi Sizdan hech qachon diplom so’ramaydi, attestat yoki har xil qog’ozbozliklar — unga faqat Sizning bilimingiz va maxoratingiz kerak. Shuning uchun bir soxadan ikkinchisiga o’tib ishlab ketish, ko’p vaqt talab etmaydi. Bugun Siz yahshi dizaynersiz, lekin bu ishda bezor bo’ldingizmi? Muammo yo’q — marketolog bo’lib ishlashingiz mumkin. Ish o’rganishni boshlang, buyurtmalardan o’z ishlaringizni jamlang, vaqt o’tgan sayin Sizga jiddiyroq mijozlar murojaat eta boshlaydilar.
Vaqtni va pulni tejash. Bir o’ylab ko’ringa, har kuni uyingizdan ishgacha borish uchun qancha pul va vaqt sarflaysiz? Bir qarashda avtobus, metro, taksi va boshqalarga ishlatadigan yo’lkirangiz arzimagan pul bo’lib ko’rinishi mumkin, lekin vaqt o’tgan sari ular yig’ilib ancha pulni tashkil etishi, bu pulga esa birorta davlatga borib dam olib kelishingiz mumkin.
Lekin yo’q, u pullar semiz konduktor opani cho’ntagiga ketti. Frilans ishchilarda hammasi aksincha — ish joyi doim qo’l ostida va har kuni ishga kiyib borish uchun kostyum-shim va galstuk harid qilib boshini og’ritib yurishi shart emas. Uning stilini o’zi belgilaydi, hohlasa uy kiyimida, hohlasa o’sha kiyimda ishlashi mumkin.
Katta daromadlar olish imkoniyati. Yakka tartibda ishlash Sizni ko’p narsalarga undashi mumkin, Sizga yangi yo’llarni ochishi, yangi bilimlar berishi, yana avvalgidek bilim olishga qiziqish uyg’otishi (agar qiziqish yo’qolib ketgan bo’lsa), olingan bilimni esa darxol yangi proektda ishlatib ko’rish va amaliyot o’tash mumkin. Qiziq tomoni, bu amaliyot uchun pul to’lashsa zo’rku! Bu imkoniyatni Sizdan olib qo’yish esa hech bir odamni qo’lidan kelmaydi.
Ommalashib borayotgan yo’nalishlarda ishlash va ularni o’rganish Sizning harakatlaringiz ila amalga oshadi. Hech qanday korxona Sizga bunday imkoniyat bermasa kerak. Agar Sizga ish beruvchini mo’maygina puli bo’lsa, keyinchalik undan o’rnak olib, Siz ham buyurtmachiga aylanib ketishingiz mumkin, uning buyurtmalarini esa arzonroq ishchilarga berib, o’zingiz ishlamay daromad olishingiz mumkin. Ha buning iloji bor, lekin u darajaga yetishga ozgina bor.
O’z oilangiz bilan ko’proq vaqt o’tkazish imkoniyati. Hech qayerga borish shart emas, ish vaqtingiz doim uydasiz, albatta tabiat qo’ynida noutbukingiz bilan o’tirishni yahshi ko’rmasangiz. Istagan vaqtingiz uydagilarga ko’maklashishingiz, kinoga tushishingiz yoki bolalarni parkga olib borishingiz mumkin. Eng muximi Sizga jim-jit ish o’rni va hayollaringiz jamlangan bo’lib ishlashga sharoit yaratib berishsa bo’lgani.
Sizni har qanday savol yuzasidan bezovta qilaverishmaydi. Frilans tufayli dikretdagi ayollar uchun ham yahshi imkoniyat paydo bo’lgan, ular yahshigina pul topishlari va farzandlarini ko’zdan qochirmasliklari mumkin.
Bu yerda frilanser bo’lishning asosiy afzalliklari haqida yoritib o’tildi. Aslini olganda ular juda ham ko’p. Agarda Siz hozir juda katta qiziqish bilan frilans bo’lishdek ajoyib ishni mo’ljal qilayotgan bo’lsangiz, Sizga sal shoshmaslikni maslahat beramiz. Ishdan bo’shash haqidagi masalada shoshilmasdan qaror chiqargan maqul. Hammasini tarozga qo’ying, afzalliklar va kamchiliklarni solishtirib, keyin bir qarorga keling.