Faqat bizning foydalanuvchilar uchun Qcomment o’zbek tilida
Bundan oldingi maqolamizda Sizni Qcomment birjasi bilan tanishtirgan edik. Foydalanuvchilarimiz talablariga binoan Qcomment birjasida qanday ishlash kerakligi haqida maqola yozishga qaror qildik. Saytimiz foydalanuvchilarining aksariyati rus tilini mukammal bilmaganligi sabab, ishlash davomida bir qancha noqulayliklar kelib chiqishi turgan gap. Biz buni hisobga olgan holda Sizga birjani yanada soddaroq tushuntirishga, ya’ni o’zbek tiliga o’girishga qaror qildik. O’ylaymizki bu maqolani o’qib bo’lgach, Siz birjada bemalol ishlay boshlaysiz. Agarda nimadur tushunarsiz bo’lib tuyilsa, savollaringizni maqola tagida izoh uchun ajratilgan joyda qoldiring.
Eslatma! Umuman olganda, saytimizda yoritilib borilaytogan barcha pul topish turlari bilan ishlashingiz uchun Sizga kompyuter kerak bo’ladi, jumladan Qcommentda ham. Chunki kompyuterda ishlash har tomonlama qulay. Lekin, mobil telefon yoki planshet orqali ham ishlayotganlar bor. Faqat noqulayliklar juda ko’p. Albatta professional bo’lsangiz bu noqulayliklar sizga halaqit qilolmaydi.
Nimadan boshlash kerak?
Birinchi navbatda o’zingizdan so’rang, kayfiyatingiz qanaqa? Ishlashga tayyormisiz? Hech kim Sizga halaqit qilmaydimi? Qcomment uchun kamida bir soat vaqt ajrata olasizmi? Agar javob «Ha albatta!» bo’lsa, u holda boshladik.
Sizga yanada qulay bo’lishi uchun har bir qilinadigan ishni rasmlar orqali ko’rsatib boramiz. Agarda rasmdagi ma’lumotni o’qish Sizga noqulaylik tug’dirsa, rasm ustiga bosib kattalashtirib ko’rishingiz mumkin.
- Brauzerni ochib URL kiritiladigan maydonga «http://qcomment.ru» saytini kiritamiz va saytga kiramiz.
- So’ngra Вход tugmasini bosib Qcomment uchun login parolimizni kiritamiz. Siz Qcomment saytida ro’yxatdan o’tgan bo’lishingiz kerak. Agarda akkauntingiz bo’lmasa, u holda quyidagi maqolani o’qing.
- Agar login va parol to’g’ri kiritilgan bo’lsa, Sizni proektlar tanlash sahifasiga yuborishadi. U yerda filtrlash oynasi va proektlar ro’yxatini ko’rishimiz mumkin.
- Filtrlash oynasi Sizga anchagina qulayliklar yaratib berishi mumkin. U orqali Siz faqat o’zingizga mos ishlarni ko’rinadigan qilib qo’yishingiz mumkin. U quyidagilardan iborat:
- ID проекта — bu yerga aniq belgilangan ID ga ega proektni kiritishingiz mumkin. Sizga bu kerak bo’lmasa kerak.
- Логин заказчика — buyurtma beruvchilar, ya’ni vazifani topshiruvchilardan birortasini tanisangiz, bu yerga uni loginini kiritib, faqatgina uning vazifalarini ro’yxatini ochishingiz mumkin.
- Язык — bajariladigan vazifa qaysi tilda ekanligini ko’rsatamiz. Afsuski bu yerda o’zbek tili yo’q (hozircha deb umid qilamiz). Yahshisi bu maydonni «все языки» qiymatida qoldirgan maqul.
- Тематика — Siz bu paneldan o’zingizga mos mavzuni tanlashingiz mumkin. Masalan, дом и семья (oila va uy), игры (o’yinlar), знакомства и общение (tanishish va muloqot) mavzularidagi saytlarda izoh qoldirish, like bosish va boshqalar bo’lishi mumkin. Sizga qaysi mavzu qulay va qiziq bo’lsa usha mavzuni tanlang, shunda Qcomment birjasida ishlash Sizga yanada zavq bag’ishlaydi.
- Тариф — bu panel orqali aynan nima ish qilishingizni belgilab olishingiz mumkin. Masalan, biror saytda izoh qoldirish, LIKE bosish, follow(obuna bo’lish, подписка) qilish, repost (baham ko’rish, поделиться) va boshqalar. Hamda narxlar bo’yicha tartibga keltirish imkoniyati ham mavjud. Masalan, mikro, mini va standart.
- Eng tepadigi asosiy oynaga ta’rif berishni unuta yozibmiz :-). Ранг — Sizning tajribangiz qay darajaga yetganini ko’rsatib turadi. Boshida bu ko’rsatgich nolga teng. Qilgan ishlaringiz va natijalarga qarab Sizning darajangiz oshib boradi. Umid qilamizki Qcommentdagi darajangizni kamida 10 ga olib chiqasiz.
- Статистика — bu yerda sizga yuklatilgan vazifalar ko’rsatiladi, ularga tartib bo’yicha ta’rif beramiz.
- Olov rang — Sizga yuklatilgan, lekin hali oxiriga yetkazilmagan vazifalar soni
- Yashil — Siz bajarib bo’lgan, lekin hali tekshiruvdan o’tayotgan vazifalar soni.
- Qora — Siz bajarib bo’lgan va pulini olgan vazifalar soni.
- Qizil — tekshiruvdan o’ta olmagan, inkor etilgan va puli to’lanmagan vazifalar soni.
- Регион — Siz joylashgan manzil. Masalan, Toshkent.
- Filtrlash ishlarini tugatgach, Sizga proektlar ro’yxati jadvalida sozlangan filtrga mos proektlar ko’rsatiladi. Biz Qcommentdagi eng oson vazifalardan biri «Вступить в группу Facebook» vazifasini tanladik:U yerda quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan:
- ID — vazifa ID raqami va sohasi (Строительство)
- Тариф — vazifa nimadan iboratligi va uning baxosi. «Подписка в социальных сетях 1 руб.» — ijtimoiy tarmoqlarda obuna bo’lish, narxi 1rubl.
- Лимит — vazifani bajarishga nechta odam kerakligi. Ko’pincha uni ko’rsatishmaydi.
-
Язык — vazifa qaysi tilda
- Действия — bajarish mumkin bo’lgan amallar, masalan yulduzcha ustiga bosib, bu vazifani sevimli vazifalar qatoriga qo’shish mumkin
- Yashil rangda ko’rsatilgan vazifa nomini ustiga bosamiz va batafsil ma’lumot berilgan sahifaga o’tamiz. U yerda quyidagi ma’lumotlar bor:
- Клиент — vazifa beruvchi logini (ismi). Адрес сайта — vazifa bajariladigan saytga ssilka, bu manzilga albatta bitta bosib alohida oynada ochib qo’yamiz. Chunki vazifa aynan usha ssilkada ko’rsatilgan saytda bajariladi. Ushbu punktga sal turib qaytamiz.
- Подписка в социальных сетях — vazifa mavzusi
- Vazifa haqida batafsil ma’lumot. U yerda asosan e’tiborni tortadigan maytdon bu 25 minut, ya’ni Sizga vazifani bajarishga berilgan vaqt. Qolganlari uncha muhim ham emas. Asosiy vazifa bu guruhga qo’shilish.
- Ограничения — ta’qiqlar. Ular har xil bo’lishi mumkin, lekin bu vazifada hech qanday ta’qiq yo’q.
- Минимальные требования к аккаунтам — Sizdan minimal talab qilinadigan narsalar. Bizning vazifada talab «Количество друзей: 50» , ya’ni Sizda facebook ijtimoiy tarmog’ida akkauntingiz bo’lishi va kamida 50ta do’stingiz bo’lishi kerak.
- Приступить к выполнению проекта — vazifani bajarishga kirishish.
- Demak, hammasi Sizga tushunarli bo’lsa Приступить к выполнению проекта (vazifani bajarish) tugmasini bosamiz. Bizga quyidagicha sahifa ko’rsatiladi:
- Ссылка на группу, в которую вступили — Siz qo’shilgan guruh ssilkasini kiritish kerak bo’lgan maydon. Masalan, quyidagi vazifada bu ssilka quyidagicha — «facebook.com/kirpich.cherepica». Ushbu ssilkani biz yuqorida Адрес сайта panelida tanlagan edik. Выбрать аккаунт — bu tugmani bosib, o’zingizni ijtimoiy tarmoqdagi akkauntingizni Qcomment ga ulab qo’yishingiz mumkin. Hozirgi holatda esa vazifani bajarish uchun akkauntingizni Qcomment ga ulab qo’yishingiz shart. Bu jarayon bir marotaba bajariladi. Keyingi vazifalarda Sizdan akkaunt ulash so’ralmaydi.
- Vazifani bajarish uchun qolgan vaqt.
- Bu yerda bizda ikta variant bor. 1-si «Отправить» — vazifani tekshiruvga yuborish bo’lsa, 2-si «Отказаться от проекта» — proektdan voz kechish ma’nosini anglatadi.
- Ссылка на группу, в которую вступили — Siz qo’shilgan guruh ssilkasini kiritish kerak bo’lgan maydon. Masalan, quyidagi vazifada bu ssilka quyidagicha — «facebook.com/kirpich.cherepica». Ushbu ssilkani biz yuqorida Адрес сайта panelida tanlagan edik. Выбрать аккаунт — bu tugmani bosib, o’zingizni ijtimoiy tarmoqdagi akkauntingizni Qcomment ga ulab qo’yishingiz mumkin. Hozirgi holatda esa vazifani bajarish uchun akkauntingizni Qcomment ga ulab qo’yishingiz shart. Bu jarayon bir marotaba bajariladi. Keyingi vazifalarda Sizdan akkaunt ulash so’ralmaydi.
- Endi vazifani bajarishga kirishamiz, hozir turgan sahifamizni yuqori qismiga ko’tarilib Адрес сайта: «Перейти на сайт заказчика» ssilka ustiga bosamiz va facebookdagi guruh sahifasiga o’tamiz, so’ngra «нравится» yoki «LIKE» tugmasini bosamiz. Agarda Sizdan login parol so’ralsa ularni kiritamiz.
- Vazifani aytilganday bajargan bo’lsangiz uni tugatishingiz mumkin. Buning uchun Ссылка на группу, в которую вступили maydoniga facebookdagi guruh(sahifa) ssilkasini (facebook.com/kirpich.cherepica) kiritib, Отправить tugmasini bosing.
- Vazifani tekshiruvga yuborgach bizga quyidagi oyna ko’rsatiladi. Bu yerda shunday deyiladi: «buyurtma beruvchi vazifani tekshirgach Sizga 1 rubl pul o’tkaziladi».
- Agarda barcha qoidalarga tayangan xolda vazifani talab qilingandek to’g’ri bajargan bo’lsangiz, hisobingiz 1 rubl o’tishi umuman qiyinchilik tug’dirmasligi kerak. E’tibor bering vazifa tekshiruvda bo’lgani uchun uni «Yashil — Siz bajarib bo’lgan, lekin hali tekshiruvdan o’tayotgan vazifalar» bo’limidan topishingiz mumkin:
Qcomment birjasida vazifalar asosan mana shunday yuqoridagi misolimizda ko’rganimizdek vazifalardan iborat. Ularni bajarish Sizga umuman qiyinchilik tug’dirmasligi kerak. To’g’ri hozir bu vazifani bajarishga ancha vaqt ketgan bo’lishi mumkin. Lekin, bir marta bajargan vazifangizni keyingi safar juda tez bajarasiz. Bunday vazifalar Sizdan o’rtacha 1-2 daqiqa vaqt oladi.
O’ylaymizki ushbu maqolamiz orqali Qcomment birjasida ishlashni yahshigina o’rganib oldingiz va endilikda vazifalarni bajarish Sizga hech qanday qiyinchilik uyg’otmasligi kerak. To’g’ri, qayerdadir biror nimaga tushunmagan bo’lishingiz mumkin. Agarda savollaringiz bo’lsa ularni kommentariyda qoldiring.
E’tiboringiz uchun rahmat. Maqolamiz Sizga yordam bergan bo’lsa juda hursandmiz.