Soqol o’stirish uchun maslahatlar

Bugun ko’pchilik erkaklar soqol o’stirish muammosiga duch kelganlar. Chiroyli, qalin soqol egasi boʻlish kuchli mushaklar kabi koʻrkamlik timsoli hisoblanadi. Ammo ba’zida soqol shunchalik sekin va notekis o’sadiki, yangi koʻrinishni orzu qilishdan voz kechib, yana qirib tashlashga toʻgʻri keladi. Soqol chiqarish jarayonini tezlashtirish va yaxshilash mumkinmi? Biz buni ushbu maqolada bilib olamiz.

soqol chiqarish uchun dori

Soqol o’stirish omillari

Ko’plab erkaklar soqol o’stirish uchun harakat qilishadi-yu lekin uddasidan chiqa olishmaydi. Ba’zida suyuq soqol muammosini hal etish mumkin, ba’zida esa hech narsa qilib boʻlmaydi. Buni aniqlash uchun quyidagilardan qay biri sizga mos kelishini bilib olamiz.

  • Jinsiy yetilish. Yetuklik davri kelmaguncha gormonal zonadagi tuklar dangasa bo’ladi va mayda guruhlarga bo’linib oʻsadi. Taxminan 21 yoshgacha, ularning o’sish tezligi, shakli, qalinligi haqida gapirishga hali erta.
  • Genetika. Sochlarning qalinligi va zichligi 85% genga bog’liq. Bu eng muhim omil: agar ota-bobolaringiz ko’rkam, havas qilgudek soqolga ega bo’lmagan bo’lsalar, unda keyingi avlodlarda voqealar oqimini o’zgartirishning iloji yoʻq.
  • Ovqatlanish. Sog’lom sochlar follikulalari faqat yaxshi ovqatlanish natijasida hosil bo’ladi. Mazali steyk koʻrinishidagi hayvon oqsillari albatta juda muhim, ammo har kuni 4-6 ta sabzavot iste’mol qilishni kanda qilmaslik kerak.
  • Surunkali kasalliklar. Ularni boshdagi zaif sochlar, hamda siyrak soqoldan aniqlash mumkin. Odatda, oshqozon-ichak trakti va gormonlar muvozanati bilan bog’liq muammolar bilan bogʻliq.
  • Yomon odatlar. Spirtli ichimliklar va chekish qon aylanishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi, bu soch o’sishini qiyinlashtiradi. Axir, barcha zarur vitamin va minerallar soch ildiziga qon orqali yetib boradi.
  • Psixologik stress. Tananing barcha zahiraviy moddalari charchagan asab tolalarini tiklashga qaratilgan bo’lsa, ozuqa sochlar va soqolga juda oz miqdorda yetib boradi. Natijada, sochlar toʼkiladi, ingichka va jilovsiz bo’lib qoladi.
  • Yomon parvarish. Sovun, tonik, soqol olish uchun va olgandan keyin qoʻllaniladigan vositalarni ishlatish zamonaviy inson uchun odatiy holdir. Kamdan-kam odam bittagina sifatsiz mahsulotdan foydalanish soch tola follikulalarini zaiflashtirishi mumkinligini tushunishadi. Spirt, og’ir yog’lar va kimyoviy moddalarning boshqa tarkibiy qismlari soch follikulasiga zarar yetkazishi va o’sgan sochlarni ichidan buzishi mumkin. Shuning uchun xavfsiz parvarish mahsulotlarini tanlash katta ahamiyatga ega.

Uy sharoitida soqol o'stirish va uni tezlashtirish mumkinmi?

Uy sharoitida soqol o’stirish va uni tezlashtirish mumkinmi?

Shubhasiz, ha. Qalin va koʻrkam soqolni o’stirishga kirishishdan oldin, vositalar sog’liqqa mos keladimi yo’qmi tekshirib ko’ring va sartaroshingizdan maslahat oling.

Bu qisqa fursatli jarayon emas. Taxminan olti oy kutishingizga toʻgʻri keladi. Shuning uchun sabrli bo’ling va «unib chiqqan» sochlarni qirqmaslikka tayyor bo’ling. O’sish jarayonida soqolga shakl berish fikridan qayting.

Soqolni o’stiradigan mo’jizaviy retsept yo’q!

Soqol uchun krem ishonchlimi?

Baʼzi soqol uchun krem, dori, muolajalar oʻsish tezligini oshirishi mumkin, ammo bu vaqtincha! Soqolning yaxshi o’sishi sogʻlom turmush tarzingizga va toʻgʻri ovqatlanishingizga bog’liq.

1. Teringizni muntazam ravishda parvarish qiling.

Teringiz qanchalik toza va sog’lom bo’lsa, soqol o’stirish shuncha oson bo’ladi. Kuniga ikki marta — ertalab va kechqurun ortiqcha yog’larni yaxshilab yuvib tashlang va terini yaxshilab bilan tozalang. Teridagi teshikchalarni yopib qoʻyadigan va yallig’lanishni keltirib chiqaradigan o’lik teri hujayralaridan xalos bo’lish uchun haftada ikki marotaba yumshoq skrabdan foydalaning. Soʻng, terini, soch va ularning ildizlarini namlash va muhofaza qilish uchun oziqlantiruvchi kremni qo’llash kerak. Bular soqolning sog’lom va to’g’ri o’sishi uchun zamin yaratadi, shuningdek, terining ko’rinishini yaxshilaydi.

2. B vitaminini qabul qiling

Soqol o’stirish tezroq bo’lishiga yordam beruvchi, eng ko’p ishlatiladigan vitamin bu – biotin (B7). Biotin sochlar, teri va tirnoqlardagi oqsillarni mustahkamlaydi. Har kuni 2,5-5 mg dan iste’mol qilish katta ta’sir koʻrsatadi.
Shifokordan tiamin (B1), riboflavin (B2) va niatsin (B3)ni buyurishini so’rang. Ular oqsillarni kuchaytiradi.

Dozani dermatolog bilan maslahatlashish kerak!

Soqol uchun krem ishonchlimi?

3. Koʻproq suv iching

Suyuqlik yetarli bo’lsa, tana yanada samarali ishlaydi. Agar suv yetishmasa, hujayralarning tiklanishi sekinlashadi, vitaminlar va ozuqa moddalari yaxshi qabul qilinmaydi. Voyaga yetgan erkaklar uchun kuniga 1,9 dan 2,3 litrgacha suv ichish lozim.

4. Soqol o’stirish — Yetarlicha uxlang

Uyqu vaqtida ozuqa moddalarining to’g’ri so’rilishi, tananing oʻsishi va tiklanishi sodir boʻladi. Tunda 7-8 soat uxlashingiz kerak.
Agar siz yaxshi dam olmasangiz, qon aylanishi sekinlashadi, suyuqlik yetishmovchiligi yuzaga keladi, ozuqa va vitaminlar belgilangan joyga kam miqdorda yetib boradi. Sochlar kerakli elementlarni olmaydi va shuning uchun ular sekin o’sib, zaiflashadi. Bu boshdan soch to’kilishiga olib kelishi mumkin.

Qanday qilib soqol chiqarish mumkin?

5. Sog’lom va muvozanatli ovqatlanish rejimiga o’ting

Siz nafaqat vitaminlar yordamida, balki oqsillar, sabzavotlar, butun don mahsulotlari, pishloq va yogurtlarni iste’mol qilishga asoslangan parhez tufayli sochlarning o’sishini tezlashtirishingiz mumkin. A, B, C va E vitaminlariga, shuningdek oqsilga boy ovqatlarga e’tibor qarating.
Bu sizga kerak bo’lgan narsalarning qisqacha ro’yxati: tuxum, bodom, butun don, pishloq, yogurt, qizil ikra, tovuq, bargli sabzavotlar, sabzi, dukkaklilar, avakado, piyoz, shirin kartoshka va pomidor. Ushbu ro’yxatni boshqa to’yimli ovqatlar bilan to’ldiring va barcha kerakli vitaminlar va oqsillar qonga kira boshlaydi.

6. Soqol o’stirish uchun kuting

Ko’pgina yoshlarning xatosi — bu hali yetilmagan sochlarni kesishdir. Tabiat o’z ishini qilsin. Tabiiy o’sishni shakllantirish uchun kamida 4-5 hafta davomida soqolingizni olishdan saqlaning.

uyda soqol chiqarish

7. Uy sharoitida soqol chiqarish va uni tezlashtirish mumkin.

Yuz massaji, tabiiy moylarga asoslangan turli xil niqoblardan va giyohli damlamalar soqol oʻsishini taʼminlashda qoʻl keladi.

  • 60 ml amla yog’i (hind krijovnik) va 30 g xantal kukunidan aralashma tayyorlang. Niqobni yuzga surting va 20-30 daqiqa davomida yuvmang. Shunday tariqa, yuzda qon aylanishi ortadi va soch follikulalari qo’shimcha ozuqa oladi.
  • Soqolni 10 g koritsa va 20 g laym sharbati eritmasi bilan chayib, 25 daqiqa ushlab turing.
  • 1/5 evkalipt yog’i va 4/5 iliq suv aralashmasi katta yordam beradi. Paxta yostiqchasini eritma bila namlang va soqolga surting. Diqqat: agar muolajadan keyin achishish, qichishishni sezsangiz, bu usuldan foydalanmang.
  • Haftada bir marta chakamugʻ (репейник) yoki kastor yog’ini yuzga (aynan soqol chiqish zonasiga) surting va kamida bir soat tursin. Buning uchun eng yaxshi vaqt yotishdan oldin.
  • Ba’zi odamlar soqol o’sishini tezlashtirish uchun kal odamlar uchun mo’ljallangan gormonal dorilar va soch to’kilishiga qarshi spreylardan foydalanadilar. Biroq, shifokor bilan maslahatlashmasdan bu qadamni qo’yishni tavsiya etmaymiz.

8. Soqolni parvarishlash qoidalari

Quritish
Tozalash haqida aytib oʻtdik. Ammo yuvgandan keyin toʻgʻri quritish ham zarur. Soqolni sochiqqa shunchaki shimdiring va hech qachon uni ishqalab artmang.
Taroq
Kalta tishli maxsus taroq haqiqiy mo’jizalarni yaratadi. Birinchidan, uning yordami bilan soqolga yanada jozibali va chiroyli ko’rinish berish mumkin, ikkinchidan, muntazam tarash bilan terining qon ta’minoti yaxshilanadi.
Soqolni kesish
O’sish boshlanganidan keyin bir yoki ikki oy o’tgach, soqol uzunligi trimmerni ishlatishni istisno qiladi, ammo siz uzunlikning bir xilligini saqlashingiz kerak. Sartaroshxona ustalaridan yaxshiroq hech kim bu vazifani uddalay olmaydi. Bundan tashqari, mutaxassis sizga soqolning qaysi shakli sizga mos kelishini aytib beradi.
Qisqasi:
Turmush tarzingizni o’zgartirishing.
Sabzavotlar va mevalar haqida unutmang.
Sport zaliga ro’yxatdan o’ting. Uyquning miqdori va sifatini kuzatib boring.
Sabrli bo’ling, o’sishni tezlashtirish uchun muntazam ravishda protseduralarni bajaring.

Yuzdagi qalin va chiroyli sochlar odamni zamonaviy va jasur qilib koʻrsatadi. Hech erinmasdan siz ham harakat qilib koʻring, balki genlarni aldash qoʻlingizdan kelar!

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
48 Izoxlar
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
48
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x