Ponzi sxemasi va Moliyaviy piramida sxemasi bitta narsami?

Uyda pul topish sirlari 2019 2020, sarmoyasiz pul ishlash

Hozirda ko’pchilik bizdan uyda pul topish sirlari 2019 — 2020 yillar uchun ma’lumotlar kutishmoqda. Uyda sarmoyasiz pul ishlash usullari mavjudmi? Uy sharoitida qanday qilib pul topish mumkin? Uyda o’tirgan holda pul topish uchun yangi boshlaganlarga nimalar kerak bo’ladi? — degan savollar yog’ilib kelmoqda. Bu maqolada barcha savollaringizga javob berishga harakat qilamiz. Maqolani e’tibor bilan oxirigacha o’qing va bonusni qo’lga kiriting (bonus maqola o’rtasida yoki oxirida bo’lishi mumkin).

Salom aziz o’quvchi! Bir necha yildan beri men uyda o’tirib pul ishlayman va bu ishni yaxshi uddalayapman. Ushbu maqolada o’z tajribam va daromad olishning dolzarb usullari bilan o’rtoqlashaman. Ular sizga kompyuteringizdan yiroqlashmay yoki uydan chiqmay o’z daromadingizga ega bo’lishingizga yordam beradi.

Uyda o’tirib ishlash — daromad olish kimlarga mos keladi?

Yana bir bor aytaman, quyida tavsiflangan uyda o’tirib ishlash usullari men yoki do’stlarim tomonidan tekshirilgan, maqolada ularning tajribalari haqida ham aytib o’taman. Qiziqtirib qo’ydimmi? – Unda boshladik!

Uyda pul topish hammaning qo’lidan keladi. Yana tajribamga tayanib aytsam, uydan chiqmasdan (mijozlar bilan uchrashishni hisobga olmaganda) yaxshi pul topayotgan 15 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan odamlarni taniyman.

Masalan, men biznes bo’yicha treningda uchratib qolgan, Andijon shahridan kelgan 15 yoshlik bir qiz qo’lda tayyorlangan sovun ishlab chiqarib, shuning orqasidan oyiga 2 000 000 so’m topmoqda. U 9-sinfida o’qiydi va ta’limdan bo’sh vaqtlarida o’z ishini amalga oshirishga ulguradi. Taqqoslash uchun, bizning Andijon shahrimizda KATTALARNING o’rtacha ish haqi 1.5 dan 2.5 mln so’mgacha. U qizdan ko’p narsa o’rgansa bo’ladi …

Hali men biladigan o’nlab odamlar haqida so’z boshlaganim yo’q. Ularning uydagi bizneslari 1 000 000 dan 10 000 000 so’mgacha daromad olib keladi. Lekin men «uydagi sof daromadingiz» shahringizdagi o’rtacha ish haqqiga teng bo’lsa, uni rasmiylashtirishingizni maslahat beraman.

uyda pul topish

Uyda o’tirib pul topish qo’lidan keladigan «omadlilar» toifalarini sanab o’taman:

  • talabalar;
  • xodimlar;
  • tadbirkorlar;
  • uy bekalari;
  • nafaqaxo’rlar.

Agar siz ushbu toifalardan biriga tegishli bo’lsangiz, unda sizni tabriklayman, sizda «uy biznesi» ning turli sohalarida pul ishlash uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Men ular haqida quyida batafsilroq so’zlab beraman. Barcha usullar haqiqiydir: men va do’stlarim o’z tajribamizda sinab ko’rdik. Shunday qilib men mas’uliyatni zimmamga olib ular 100% ishlashini tasdiqlayman!

Uyda o’tirib qanday qilib pul ishlash mumkin — 7 ta sinalgan usul

Bu yerda ham onlayn (internet orqali) ham oflayn (internetsiz) usullar mavjud, ulardan ba’zilari real hayot va Internetning chegarasida turishadi.

Umuman olganda, tanlash uchun sizda juda ko’p qulay variantlar bor. O’rganish jarayoni yoqimli o’tishini tilayman!

1-usul.  OLX va boshqa e’lon shahobchalar orqali uyda o’tirib pul topish

Vositachilik — uyda o’tirib pul topish uchun eng oson usul. E’lon taxtalarida pul ishlashning mohiyati shundaki, avval keraksiz narsalaringizni sotasiz, tajriba va birinchi pulingizni olasiz va keyin bu faoliyatni kengaytirasiz.

Olx va boshqa ommabop e’lon saytlaridan foydalanib, boshqa odamlarning tovar va xizmatlarini foizlarga sotishni boshlang.uy sharoitida pul topish

Ushbu usul deyarli 30,000 yoki undan ortiq aholisi bo’lgan deyarli har qanday shaharda natija beradi. O’z tajribamdan kelib chiqib shuni aytamanki, 500 ming aholiga ega bo’lgan Andijon kabi shaharda siz uy sharoitida biznes ishlarini olib borib, 3 mln so’m va undan yuqori daromad olishingiz mumkin. Pul topish sirlari ro’yxatida e’lonlar shahobchasida daromad olishni birinchi o’ringa qo’ydim, chunki ko’pgina sabablar bor. E’tibor bilan o’qing, bunga amin bo’lasiz.

Ushbu e’lon shahobchalarida kuniga minglab odamlar pul ishlashadi.

Bu yerda umumiy shartlar quyidagicha:

  1. Do’stlaringiz, tanishlaringiz va qarindoshlaringiznikiga borib, uyda, kvartirada yoki garajdagi qaysi keraksiz buyumni sotishni istashlarini so’rang. Odatda, har bir odamda bir gala arzimas narsalar boʻladi, bu u uchun keraksizdir, ammo boshqa odamlar shu narsa uchun yaxshi pul to’lashga tayyordirlar. O’rtacha kvartirada 3mln. va undan oshadigan miqdorga teng u bu keraksiz buyumlar topiladi.
  2. Bu narsalarni olib ketasiz va yaxshi yorug’likda suratga olasiz. Agar buyumlar katta bo’lsa (mebel, maishiy texnika), uni uydan tashqariga chiqarmasdan rasmga tushirish mumkin va mijozlarni to’g’ridan-to’g’ri narsalar egasi bilan yuzlashtirishingiz mumkin.
  3. Etiborni tortadigan matn yozing. Ularni to’g’ri tuzish haqida Reklama matnlarini yaratish — e’lon qanday yoziladi maqolasida aytib o’tganman.
  4. Reklamalarni e’lonlar saytiga joylashtiring va qo’ng’iroqlarni kuting.
  5. Qo’ng’iroqni qabul qilganingizda, uchrashuvni belgilang, tovarlarni ko’rsating, soting va pul oling.

Pul tikmasdan pul ishlash haqiqatmi?

Boshqa odamlarning buyumlarini sotishdan siz 70% gacha foyda ko’rishingiz mumkin. Ya’ni, faqat 30% pulni narsaning o’z egasi oladi, qolganini esa siz. Ha, men bu yerda xato qilmadim. Narsaning egasi ba’zan sizga, vositachi sifatida, pulning yarmidan ko’pini  berishga tayyor. Ushbu g’oyaning kengaytirilgan usuli shundaki, siz boshqa odamlarning narsalarini koʻp va arzon narxda sotib olasiz va ularni donalab baland narxda sotasiz.

Buning uchun sizga sotiladigan narsalarni saqlash uchun kichik yordamchi xona, omborxona yoki garaj kerak bo’ladi. 3 yoki undan ortiq kvadrat metrlik xonacha yoki omborxona ham mos keladi. Agar bunday biznes yo’liga oʼtgan bo’lsangiz, unda bitta kishi marketing bilan shug’ullanishi, ya’ni fotosuratlar va reklamalarni sinab ko’rishi, ularning dolzarbligini kuzatishi, boshqasi esa uchrashuvlarga borishi, mijozlar bilan bevosita ishlashi mumkin.

Pul topish sirlari faqat shundan iborat emas, men Olxda haftasiga 1 mln so’mni qanday ishlashim mumkin maqolasida bunday biznesni qanday yaratishni batafsil aytib berganman.sarmoyasiz pul ishlash

2-usul. Hamkorlik dasturlarida daromad — pul topish sirlari

Hamkorlik dasturining mohiyati shundaki, siz do’konlar, kurs mualliflari yoki biron bir mutaxassisning mahsulot yoki xizmatlarini foiz evaziga sotasiz.

Masalan, siz Xitoy mahsulotlarining mashhur veb-sayti «Aliexpress» dan biror narsa sotasiz. Shunda sizga ularni sotib olish ham shart emas. Siz shunchaki u yerda ro’yxatdan o’tasiz, turli xil sotuvchilardan hamkorlik ssilkasini olasiz va ushbu mahsulotlarni YouTube kanalingizda, tematik forumda yoki ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilishni boshlaysiz. YouTube kanalingizda qandaydir mahsulotni videoda tariflang va sotib olish uchun hamkorlik ssilkasini video ostiga qoldiring.

Yuqoridagi Aliexpress orqali pul topish mavzusi qiziq bo’lsa izoh orqali «menga bu qiziq» deb qoldiring, qancha ko’p odam yozsa ushbu maqolani yozishga ilhomlanaman va batafsil ma’lumot beraman. Ahir bu usul orqali juda ko’p daromad olayotganlar bor va uni qo’rqmasdan pul topish sirlari ro’yxatida yuqori o’ringa qo’ya olamiz. Telegram kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang! — OBUNA BO’LISHuyda ish qilishAgar o’zingizning mashhur veb-saytingiz yoki blogingiz bo’lsa, ular hamkorlik dasturlarida pul ishlash uchun juda yaxshi joydir. Aytaylik, «Noutbukni qanday tanlash kerak» mavzusida maqola yozmoqdasiz, siz turli xil noutbuklarning (o’yin, ofis uchun va boshqalar) barcha afzalliklari va nuqsonlari haqida aytib berasiz.

Shu maqolada siz bunday noutbuklarni sotib olish mumkin bo’lgan 2-3 do’konni tavsiya qilasiz, odamlar sizning hamkorlik ssilkangiz orqali tovarlarni sotib olishsa hamkor do’kon sizga 2-20% miqdorida komissiya to’laydi. Foiz evaziga tovar va xizmatlarni sotishni bugunoq boshlashingiz mumkin. O’rtacha noutbuk narxi 3mln so’mdan bo’lsa, siz 60 000 dan 600 000 so’mgacha pul ishlashingiz mumkin. Agar bunday xaridlar bir nechta bo’lsa, unda ushbu BITTA maqolangizning o’zidan daromadingiz kuniga bir necha yuz ming so’mga yetishi mumkin.

Pul topish sirlari. Xulosa

Qolgan 5ta usul qani? deb so’kayotgan bo’lsangiz, shoshilmang. Maqolamiz qaynoqligida uni sizga taqdim etdim. Qolgan usullar ham qiziq bo’lsa izoh orqali qoldiring va telegram kanalga obuna bo’ling!

Xullas. Uyda pul topish hozir urfda va u yorqin kelajakga eltuvchi yo’ldir.

Hozirgi kunda ko’plab kompaniyalar xodimlarni yangi ish formatiga — uyda masofadan turib ishlashga — o’tkazmoqdalar. Shu bilan birga, xodim ofisda o’tirgan bilan bir xil harakatlarni bajaradi, faqat o’z uyida ishlaydi.

Frilans masofadan ishlashning keyingi bosqichidir. Siz turli xil mijozlarga buyurtmalarni bajarasiz va shu uchun pul olasiz.

Keyingi bosqichda Internetda o’z biznesingizni — o’z daromadli Web-saytingizni yoki Internet xizmatingizni tashkil qilishingiz mumkin. Shuningdek, siz Internetda odamlarni Skype yoki vebinar-forumlarda maslahat berish orqali odamlarni o’qitishingiz mumkin.

O’qitishning yana bir turi «boxed version» deb ataladigan shaxsiy ma’lumotlaringizni video, kompyuter ekranidan jonli video yoki skrinkast qilib yozib olib, ularni Internet orqali sotish bo’ladi.

Buni, masalan, veb-saytingizda yoki blogingizda qilishingiz, Internetda reklama oqimini o’rnatib yoki ijtimoiy tarmoqlarda mijozlarni jalb qilish orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Uyda jismoniy ma’noda pul topishga kelsak, o’z uyingizni biroz o’zgartirib mini-ishlab chiqarishni yoki xizmat taqdim etishni yo’lga qo’yishingiz mumkin.

Barchangizga biznesda muvaffaqiyatlar tilayman!

Прокрутить вверх