Amerika(cha) parhez tutish usuli — vazn yo‘qotishning dunyodagi eng mashhur usullaridan biridir va qanday qilib ozish mumkin savoliga javob beradi. Uning prinsiplariga rioya qilgan holda, parhezning birinchi oyida siz 4,5 kg, keyingi olti oyda esa 9 kg gacha vazn yo‘qotishingiz mumkin bo‘ladi. Bunda, siz o‘zingizni och qolish (ochlik) bilan qiynashingiz va sport zalida bir necha soatlab mashq qilishingizga hojat qolmaydi. Ushbu parhezdagi eng muhim omil — bu to‘g‘ri ovqatlanishdir.
- 1. Nonushta qilish majburiydir! (Albatta nonushta qilish kerak!) — qanday qilib tez va oson ozish mumkin
- 2. Faqat suv va hech qanday gazlangan ichimlik ruxsat etilmaydi!
- 3. Eng yaxshi go‘sht — bu baliq go‘shtidir — qanday qilib tez ozish mumkin?
- 4. Sog‘lom mahsulotlarni tanlaymiz — qanday qilib zararsiz ozish mumkin
- 5. Yengil ovqatlanishlar bilan ovqatlaning
- 6. Aytgancha, qanday qilib ozish mumkin ekan?
Nonushta qilish majburiydir! (Albatta nonushta qilish kerak!) — qanday qilib tez va oson ozish mumkin
Amerikalik olimlar 4000 ga yaqin parhez usullarini o‘rganib chiqishgan. Va buning natijasida ular quyidagilarni aniqladilar: har kuni nonushta qiladigan kishilar samarali tarzda vaznni yo‘qotishga muvaffaq bo‘ladilar. Sog‘lom to‘yimli nonushta tarkibiga oqsillar, yaxlit don mahsulotlari va mevalar kiradi. Bunday mahsulotlar ertalab qondagi insulin miqdorini maqbul darajada ushlab turish va tanani zarur ozuqa moddalar bilan to‘yintirishga yordam beradi. Nonushta qilishning eng yaxshi varianti: qaynatilgan tuxum bilan yaxlit donli non (yaxlit don un mahsulotlaridan tayyorlangan non)dan tayyorlangan buterbrod (sendvich), kam yog‘li sut va bananlar (eslatib o‘tamiz: yaxlit donli non odatdagi nonlardan bir oz to‘q rangli va tarkibida kepak to‘qimalari mavjud bo‘ladi, chunki u donni tashqi po‘stlog‘i bilan birga maydalash orqali olingan undan tayyorlanadi).
Faqat suv va hech qanday gazlangan ichimlik ruxsat etilmaydi!
Aksariyat kishilar gazlangan ichimliklar, sharbatlar va alkogol bilan birga qanchalik ko‘p miqdorda kaloriya iste’mol qilishlarini anglamaydilar. Tajriba o‘tkazib ko‘ring: hayotingizdan shirin gazlangan ichimliklar va alkogolni chiqarib tashlang. Kamida ikki hafta davomida oddiy buloq suvi va quvvati kam bo‘lgan qahvadan boshqa hech narsa ichmang va shundan keyin qay darajada vazn yo‘qotayotganingizni ko‘rasiz. Shuni yodda tutingki, hatto oddiy gazlangan suv ham tananing yuqori kaloriyali ovqatlarga bo‘lgan hohishishini oshirishi mumkin.
Eng yaxshi go‘sht — bu baliq go‘shtidir — qanday qilib tez ozish mumkin?
Baliq Amerika parhezining muhim tarkibiy qismidir (komponentasi). Buning sababi avvalombor shundan iboratki, ushbu mahsulotda miya va yurak salomatligi uchun zarur bo‘lgan va kaloriya miqdori past bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotalari mavjuddir. Omega-3 ning saraton kasalligi xavfini kamaytirishi, organizmdagi yallig‘lanish jarayonlarini yengillashtirishi allaqachon isbotlangan. O‘z navbatida, qizil va ishlov berilgan go‘shtni isteemol qilish (biz birinchi navbatda hot doglar va sosiskalar haqida gap ketmoqda) bu xavflarni oshiradi.
Shuningdek, kundalik ovqatlanish ratsioniga tarkibida ko‘p miqdorda yod – mikroelement bo‘lgan mahsulotlarni kiriting, chunki ular moddalar almashinuvini faollashtiradi (dengiz mahsulotlari, dengiz karami, feyxoa va boshqalar).
Sog‘lom mahsulotlarni tanlaymiz — qanday qilib zararsiz ozish mumkin
Yaxlit donlar — nafaqat vitaminlar va minerallar xazinasi, balki to‘qimalar manbai hamdir. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yaxlit don mahsulotlari juda foydali. Yaxlit donli bug‘doy unidan tayyorlagan non, makaron mahsulotlari va jigarrang guruchni muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir, nafas olish yo‘llari kasalliklari va saratonning ayrim turlarini (shu jumladan yo‘g‘on ichak va ko‘krak bezi) xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, yaxlit donlar, ayniqsa, qorin bo‘shlig‘idagi yog‘larni yo‘qotishga yordam beradi, bu yog‘larning to‘planishi qandli diabet, gipertoniya va yurak xastaligining kuchayishiga (og‘irlashishiga) olib keladi.
Kundalik ratsionga meva va sabzavotlarni kiritish ham vazn yo‘qotishga yordam beradi. Va, albatta, sut-qatiq mahsulotlari — kal’siy va D vitaminlarining manbaidir.
Yodingizda bo‘lsin, millionlab odamlar «yog‘sizlashtirilgan» deb belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarlarni iste’mol qilish bilan vaznlarini oshirib yuborishgan. Keyin o’z-o’zidan qanday qilib ozish mumkin deb so’rashadi. Ta’mning o‘rnini qoplash uchun ularga ko‘pincha shakar qo‘shiladi va bu esa qo‘shimcha kilogrammlar qo‘shilishiga olib keladi. Masalan, yogurtning ba’zi turlarida konfetlar tarkibida qancha shakar bo‘lsa shuncha miqdordagi shakar bor. Shuningdek, har qanday parhez toamlari qayta ishlashning yuqori darajasi bilan xarakterlanadi. Shunday qilib, siz bu taomlarni iste’mol qilganingizda oz miqdorda ozuqa moddalarini qabul qilasiz.
Mahsulot sotib olishdan oldin, unda yozilgan ma’lumotlarni diqqat bilan o‘qib chiqing. To‘g‘ri tanlov qiling: tarkibida shakar va yog‘ miqdori kam bo‘lgan mahsulotlarni sotib oling. Qanday qilib zararsiz ozish mumkin deb endi so’ramang. Javobini bilib oldingiz.
To‘g‘ri tanlangan yog‘lar modda almashinuvi (metabolik) jarayonlarni rag‘batlantiradi. Mayonezni o‘simlik moyi, margarinni — sariyog‘ bilan almashtiring. Har taom iste’mol qilishdan oldin 1 osh qoshiq quyidagi yog‘li aralashmani iste’mol qilish juda foydali: 50 gdan qovoq va zig‘ir yog‘ini aralashtiring va 2 osh qoshiqdan namatak va chakanda (oblepixa) yog‘ini qo‘shing.
Fast-fudlarda ovqatlanish ham sog‘liqdagi muammolarga olib kelishi mumkin. Birinchidan, taom qanday tayyorlanishini bilmaysiz (masalan, qanday yog‘da) va siz, odatda, kerakli porsiyadan kattaroq porsiyani sotib olasiz.
Yengil ovqatlanishlar bilan ovqatlaning
Olimlar tomonidan berilgan ma’lumotlar shundan dalolat beradiki: kichik miqdorda tez-tez ovqat iste’mol qiladigan kishilar tez suratda vazn yo‘qotadilar. Birinchi yengil ovqatlanish nonushta va tushlik o‘rtasida, ikkinchisi — tushlik va kechki ovqat o‘rtasida bo‘lishi kerak. 20. 00 dan keyin to‘yib kechki ovqatlanish qat’iyan man qilinadi. Bunda yengil ovqatlanish ham sog‘lom ovqatlanish bo‘lishi kerak. Masalan, bir hovuch yong‘oq, sabzi va ba’zi mevalar insulinning zarur bo‘lgan darajasini doimiy ravishda ushlab turishga yordam beradi.
Bu g‘alati tuyulsada, ammo saqich ham vaznni muqobil tarzda saqlab turishga yordam beradi, chunki u miyaga oshqozon to‘lganligi haqida signal beradigan gormonlarga ta’sir o‘tkazadi. Albatta, tarkibida shakar bo‘lmagan saqichni afzal ko‘rish kerak: u tishlarni yemirmaydi. Va saqichni ovqatdan keyin 15-20 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqt chaynash kerak. Agar sizni gavda chiqarish mashqlari qiziqtira bu maqolani o’qing.
Aytgancha, qanday qilib ozish mumkin ekan?
Ortiqcha vazn – bu nafaqat estetik bo‘lmagan ko‘rinishga ega bo‘lish, balki sog‘liq bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab muammolarga duch kelish hamdir. Buni olimlarning tadqiqotlari ham tasdiqlaydi. Yaqinda ular semirib ketgan kishining umri o‘rtacha vaznli kishilarnikidan 3 yildan 10 yilgacha qisqa ekanligini aniqladilar. Shuningdek, 2-toifa qandli diabet kassaligi barcha holatlarining 80% dan ortig‘i va saraton kasalligi tufayli yuzaga kelgan o‘lim holatlarining har uchtadan bittasi ortiqcha vazn bilan bog‘liqdir. Hatto odam 10 kg ortiqcha vaznga ega bo‘lsa ham, unda erta o‘lim xavfi ortadi.